Vladimir Norov Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashdi

© Press-slujba prezidenta Kirgizskoy RespublikiVladimir Norov Sadir Japarov bilan uchrashdi
Vladimir Norov Sadir Japarov bilan uchrashdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2022
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda O‘zbekiston-Qirg‘iziston o‘zaro manfaatli hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yangi savdo shartnomalari, bitimlar va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Bishkek shahrida Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida ikki mamlakat aloqalari O‘zbekiston va Qirg‘iziston rahbarlarining konstruktiv va ishonchli muloqoti asnosida strategik sheriklik ruhida ijobiy sur’atlarda rivojlanayotgani qayd etildi.
© Press-slujba prezidenta Kirgizskoy RespublikiVladimir Norov Sadir Japarov bilan uchrashdi
Vladimir Norov Sadir Japarov bilan uchrashdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2022
Vladimir Norov Sadir Japarov bilan uchrashdi
So‘nggi yillarda o‘zaro savdo jadal o‘sib borayotgani, sanoat, energetika va qishloq xo‘jaligi, transport sohalarida qo‘shma loyihalar amalga oshirilib, mintaqalararo va madaniy almashinuvlar kengayib borayotgani mamnuniyat bilan e’tirof etildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘iz Respublikasiga bo‘lajak davlat tashrifiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston-Qirg‘iziston o‘zaro manfaatli hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yangi savdo shartnomalari, bitimlar va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlarning O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga tayyorligi bildirildi.
Yangiliklar lentasi
0