Toshkentda kommunal xizmat va energetika sohalari bo‘yicha ommaviy qabul o‘tkaziladi

© Depositphotos / weissdergeierTashkentskaya telebashnya
Tashkentskaya telebashnya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2022
Obuna bo‘lish
Aholi bilan ochiq muloqotda 12dan ortiq idora rahbarlari ishtirok etadi.
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Toshkentda 5-noyabr kuni qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha ommaviy qabul bo‘lib o‘tadi.
Aytilishicha, ommaviy qabul qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, hududlarda uy-joy, kommunal xizmat ko‘rsatish, energetika sohalarida yechimini kutayotgan masalalarni hal etish maqsadida o‘tkaziladi.
Unda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va energetika kompleksidagi vazirliklar, idoralar, shahar-tuman hokimliklari va hududiy tashkilotlar rahbarlari fuqarolar bilan uchrashadi.
Aholi bilan ochiq muloqotda 12dan ortiq idora rahbarlari ishtirok etadi:
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi;
Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi;
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ;
"Hududgazta’minot" AJ;
"O‘zsuvta’minoti" AJ;
Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi;
Toshkent shahar hokimiyati;
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi;
"Toshkent shahar mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK;
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi;
"Maxsustrans" IChB DUK va boshqa qator idoralar.
Ommaviy 5-noyabr kuni soat 10:00da Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi "O‘zekspomarkaz" binosida bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0