https://oz.sputniknews.uz/20221104/putin-va-erdogan-afrikaga-gallani-tekin-etkazib-berish-borasida-kelishib-oldi---29729574.html
Putin va Erdog‘an Afrikaga g‘allani tekin yetkazib berish borasida kelishib oldi
Putin va Erdog‘an Afrikaga g‘allani tekin yetkazib berish borasida kelishib oldi
Sputnik O‘zbekiston
Putin va Erdog‘an Afrikaga g‘allani tekin yetkazib berish borasida kelishib oldi
2022-11-04T21:47+0500
2022-11-04T21:47+0500
2023-04-05T18:41+0500
dunyoda
janubiy afrika respublikasi (jar)
turkiya
rejep tayyip erdog‘an
vladimir putin
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/10/28275468_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_e1d0874ab1fd2ce773cb0ad7f785ba8c.jpg
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Rossiya ocharchilikka uchragan Afrika mamlakatlariga tekin g‘alla va o‘g‘it jo‘natishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, u bu borada Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan kelishib olgan.Shu bilan birga, u G‘arbni o‘zi Afrikadagi ocharchilik muammolariga e’tibor bermasdan, boshqalarga insoniylik saboqlarini berishga urinayotganlikda aybladi.22 iyul kuni Istanbulda Rossiya mahsulotlarini eksportga yetkazib berishdagi cheklovlarni bekor qilish va Ukraina donini eksport qilishda Rossiyaning yordami bo‘yicha ko‘p tomonlama bitimlar imzolandi. Rossiya, Turkiya, Ukraina va BMT vakillari tomonidan imzolangan kelishuv Ukraina g‘allasi, oziq-ovqat va o‘g‘itlarini Qora dengiz orqali uchta portdan, jumladan Odessadan eksport qilishni nazarda tutadi.O‘tgan hafta oxirida Kiyev rejimi Sevastopolda rus kemalariga terakt uyushtirganidan so‘ng, Rossiya don bitimidagi ishtirokini to‘xtatdi, biroq Turkiya bilan muzokaralar olib borgach va Ukrainadan yozma kafolatlar olgach, kelishuvga qaytdi.Shu bilan birga, Putin agar Kiyev o‘z majburiyatlarini buzsa, Rossiya shartnomadan chiqishini ta’kidladi. Ammo bu holatda ham u Afrikaning eng qashshoq mamlakatlariga Ukrainadan jo‘natilgan donning butun hajmini yetkazib berishga tayyor.
janubiy afrika respublikasi (jar)
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/10/28275468_99:0:1183:813_1920x0_80_0_0_442754af5b321e47ecf59ad5472a04c9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
putin va erdog‘an afrikaga g‘allani tekin yetkazib berish borasida kelishib oldi
putin va erdog‘an afrikaga g‘allani tekin yetkazib berish borasida kelishib oldi
Putin va Erdog‘an Afrikaga g‘allani tekin yetkazib berish borasida kelishib oldi
21:47 04.11.2022 (yangilandi: 18:41 05.04.2023) Qayd etilishicha, Rossiya Afrikaning eng qashshoq mamlakatlariga Ukrainadan jo‘natilgan donning butun hajmini yetkazib berishga tayyor.
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Rossiya ocharchilikka uchragan Afrika mamlakatlariga tekin g‘alla va o‘g‘it jo‘natishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an ma’lum
qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u bu borada Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan kelishib olgan.
“Putin menga: “Keling, bu g‘allani bu mamlakatlarga tekinga (muhtoj mamlakatlarga. — tahr.) jo‘nataylik”, dedi. Biz kelishdik”, dedi Turkiya prezidenti.
Shu bilan birga, u G‘arbni o‘zi Afrikadagi ocharchilik muammolariga e’tibor bermasdan, boshqalarga insoniylik saboqlarini berishga urinayotganlikda aybladi.
“Biz Yevropani bog‘, qolgan dunyoni esa yovvoyi o‘t deb belgilaydigan mentalitetni ko‘rmoqdamiz. Odamlarni tili, teri rangi va mamlakatiga ko‘ra ajratuvchi bu buzuq qarash dunyomizni qanday halokatga olib kelganini juda yaxshi bilamiz”, deydi Erdog‘an.
22 iyul kuni Istanbulda Rossiya mahsulotlarini eksportga yetkazib berishdagi cheklovlarni bekor qilish va Ukraina donini eksport qilishda Rossiyaning yordami bo‘yicha ko‘p tomonlama bitimlar imzolandi. Rossiya, Turkiya, Ukraina va BMT vakillari tomonidan imzolangan kelishuv Ukraina g‘allasi, oziq-ovqat va o‘g‘itlarini Qora dengiz orqali uchta portdan, jumladan Odessadan eksport qilishni nazarda tutadi.
O‘tgan hafta oxirida Kiyev rejimi Sevastopolda rus kemalariga terakt uyushtirganidan so‘ng, Rossiya don bitimidagi ishtirokini to‘xtatdi, biroq Turkiya bilan muzokaralar olib borgach va Ukrainadan yozma kafolatlar olgach, kelishuvga qaytdi.
Shu bilan birga, Putin agar Kiyev o‘z majburiyatlarini buzsa, Rossiya shartnomadan chiqishini ta’kidladi. Ammo bu holatda ham u Afrikaning eng qashshoq mamlakatlariga Ukrainadan jo‘natilgan donning butun hajmini yetkazib berishga tayyor.