O‘zbekistonda ilk bor yurak koronar-shuntlash va buyrak transplantatsiyasi amaliyoti o‘tkazildi

© Sputnik / Igor Onuchin / Mediabankka o‘tishNauchno-texnicheskiy kompleks "Mikroxirurgiya glaza" v Xabarovske
Nauchno-texnicheskiy kompleks Mikroxirurgiya glaza v Xabarovske - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2022
Obuna bo‘lish
Shifokorlarning aytishicha, endi chet elga borishning xojati yo‘q. Mazkur operatsiya kelajakda viloyatlarda ham o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. O‘zbekistonda Milliy xirurgiya tarixida ilk bor yurak koronar-shuntlash va buyrak transplantatsiyasi amaliyoti o‘tkazildi. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bir vaqtning o‘zida yurak koronar-shuntlash va buyrak transplantatsiyasi amaliyoti o‘tkazildi.
Milliy xirurgiyamiz tarixida ilk bor qilingan bu noyob operatsiya o‘zbek kardioxirurg va transplantologlari tomonidan mustaqil amalga oshirildi.
“Bu ikki a’zo inson organizmining muhim funksiyalarini bajaradi. Ulardan birining faoliyati buzilishi ham inson salomatligiga jiddiy xavf tug‘diradi. Ammo ikkalasida ham muammo bo‘lsa-chi? Bu ikki organda bir vaqtning o‘zida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishini tasavvur qilib ko‘ring”, deyiladi xabarda.
Amaliyot bir kunda ikki bosqichda o‘tkazildi va 7 soat davom etgan operatsiyada bemorga o‘z farzandining buyragi qo‘yildi.
“Bemorni tekshirish natijasida yurakning 3ta joyida qon yetishmovchiligi kasalligi borligi aniqlandi. Birinchi o‘rinda yurakni qon bilan ta’minlashni kuchaytirish amaliyoti amalga oshirildi”, deydi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘lim boshlig‘i Fazliddin Bahriddinov.
Qayd etilishicha, bunday operatsiya xorijiy davlatlarda ham juda sanoqli o‘tkaziladi.
“Dunyoda bunday amaliyot juda kam, balki yiligi 10 yaqin o‘tkazilar. Bemorda eng katta tomirda shikaslanish bor. Bunda bemor infark bo‘lib qolishi va operatsiyadan chiqmasligi ham mumkin. Shuning uchun amaliyotni bir vaqtning o‘zida olib bordik”, deydi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘lim boshlig‘i Rustam Yorbekov.
Shifokorlarning aytishicha, endi chet elga borishning xojati yo‘q. Mazkur operatsiya kelajakda viloyatlarda ham o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0