Havo mudofaasi uchun anjir bargi: AQSh Kiyevga 8 ta NASAMS yetkazib beradi

© Sputnik / Nikolay Lazarenko / Mediabankka o‘tishFlagi SShA i Ukraini
Flagi SShA i Ukraini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2022
Obuna bo‘lish
Ukrainada NATOning samarali havo mudofaa tizimlarining paydo bo‘lishi ilmiylikdan yiroq fantastikadir.
AQSh va NATOning boshqa davlatlari yaqin yillarda gipertovushli raketalarga qarshi samarali havo hujumidan va raketaga qarshi mudofaa tizimlarini yarata olmaydi. Jang sharoitida NATOning “zamonaviy” havo mudofaa tizimlari G‘arbning texnologik degradatsiyasini namoyish qiladi.
Pentagon vakili joriy yilning 1-noyabr kuni o‘tkazilgan brifingda AQSh Ukrainaga 8 ta o‘rta masofali (25 kilometrgacha) NASAMS zenit-raketa majmuasi (ZRM) batareyasini yetkazib berishini ma’lum qildi: ikkitasi – noyabrda, qolganlari – keyinroq. Qo‘shma Shtatlar yengil Vampire majmualarini ham va’da qildi, avvalroq esa Kiyevga 1400 ta “Stinger” ko‘chma zenit-raketa majmuasini bergandi.
Rossiyaning G‘arb uchun qaqshatqich maxsus harbiy operatsiyasi davomida NATOning boshqa davlatlari ham Ukraina havo mudofaasini qayta tiklashga harakat qilmoqda: Norvegiya iyulda ikkita NASAMS ZRM batareyasini yetkazib berdi, Germaniya yaqinda to‘rtta o‘rta masofali (40 kilometrgacha) IRIS-T ZRMni Kiyevga yetkazdi.
Tabiiy savol tug‘iladi: hammasi birda – bu ko‘pmi yoki ozmi? Keling hisob-kitob qilamiz.
NASAMS zenit-raketa majmuasining har bir batareyasida (Norvegiyaning Kongsberg Defence & Aerospace kompaniyasi va Amerikaning Raytheon korporatsiyasi qo‘shma mahsuloti) uchta o‘t ochish vzvodi va 54 ta raketa mavjud. Ya’ni, to‘rtti “Ukraina” NASAMS batareyalari 216 ta zenit-raketalarining birvarakayiga otilishini ta’minlaydi.
Oktabr oyida Ukrainaga berilgan to‘rtta raketa otish qurilmasi bo‘lgan IRIS-T ZRM batareyasi 32 ta raketani birvarakayiga uchira oladi. Kiyev ko‘proq – 10 ta IRIS-T SLM zenit-raketa majmuasini so‘radi, biroq ularni tayyorlash uch yil vaqt oladi. Aftidan Ukraina rasmiylari bundan bexabar.
Demak, Ukraina ixtiyorida jami beshta batareya va 248 ta raketa mavjud, ammo ularni Ukraina Qurolli kuchlarining (UQK) texnologik bazasida yagona tarmoqqa integratsiya qilish dargumon. Jang amaliyoti shuni ko‘rsataptiki, NASAMS va IRIS-T havo mudofaa tizimlarining ikki yuzta raketasi Kiyev osmonini “yopib qo‘yolmayapti”. Ukraina hududida UQKning yuzlab muhim obyektlari va 20 ta viloyat markazlari mavjud bo‘lib, mos ravishda ko‘pro (elliktacha) zenit-raketa batareyalari zarur.
AQSh noyabr oyida Kiyevga NASAMS ZRM yetkazib bermoqchi, Germaniyada esa 100 ga yaqin ukrainalik harbiy ushbu majmuadan foydalanishga o‘rgatilyapti. “Zaradlangan” UQK mutaxassislarining soni cheklangani kelgusida ko‘p ham zamonaviy ZRMlar olmasligini anglatadi. Rossiyaga qarshi kun tartibi G‘arbga juda qimmatga tushapti – jahon bozorida o‘q-dorilar to‘plamiga ega bitta NASAMS batareyasining narxi bir milliard dollardan oshadi.
Vashington dronlarga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan va Ukraina QKning yuk mashinalariga atigi bir necha soatda o‘rnatiladigan yengil (arzonroq) Vampire tipidagi raketa tizimlariga tayanishi bejiz emas.

Bayden va Zelenskiyning asirlari

AQSh va NATO tomonidan Kiyev rejimiga yetkazib berilgan barcha havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari soni va sifati bilan Ukraina jang maydonlaridagi ob-havoga, Rossiyaning UKQ obyektlariga kunlik raketa zarbalariga amalda ta’sir qilmayapti. Masalan, 31-oktabr kuni Rossiyaning uzoq masofali bombardimonchilari yangi X-32 (aviatashuvchi kemalar qotili) tovushdan tez qanotli raketalarini yerdagi nishonlarga qo‘lladi, natijada UQKning harbiy guruhlar ustidan boshqaruvi va qo‘shinlarning moddiy-texnik ta’minoti izdan chiqarildi. Bironta ham X-32 qanotli raketasi dushmanning havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan urib tushirilmadi.
1 noyabr kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu rus harbiylarining Ukrainaning muhim infratuzilma obyektlariga aniq zarbalari Ukraina Qurolli kuchlari salohiyatini samarali ravishda qisqartirishga imkon berishini aytdi. O‘sha kuni Kiyevdagi rasmiylar Ukraina energetika infratuzilmasining 40 foiziga zarar yetganini ma’lum qildi. Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal 10 ta hududdagi 18 ta nishonga raketa zarbalari berilgani, UQK Rossiyaning 50 ta raketasidan 44 tasini urib tushirgani haqida gapirdi. Omon qolgan oltita raketa 18 ta nishonga qanday qilib zarba bergani va nima uchun Kiyevga yanada ilg‘or havo mudofaa tizimlari kerakligi esa sirligicha qolmoqda.
Rossiyaning raketa zarbalari 10-oktabrdan beri uzluksiz davom etmoqda. 2-noyabr kuni Odessa, Dnepropetrovsk, Poltava va Ukrainaning boshqa viloyatlarida yangi obyekt va nishonlarga zarba berildi. Ukraina Qurolli kuchlari va NATO uchun tezkor vaziyat mutlaqo achinarli. Hatto Pentagonda ham Rossiyaning Ukraina energiya tizimiga zarbalari “keng oqibatlar”ga olib kelishi tan olinyapti. Shunga qaramay, G‘arb tahlil markazlari qat’iy turib, “Hamkorlar Ukrainaning 2023-yildagi harbiy g‘alabasi uchun poydevor qo‘yishi kerak”ligini aytmoqda.
G‘arblik homiylar Kiyev rejimiga “yanada qudratli va foydalanish murakkab bo‘lgan havo hujumidan mudofaa tizimlari” yetkazilishini va’da qilmoqda. Biroq, AQShning “eksklyuziv” raketaga qarshi mudofaa tizimlari ham Rossiyaning zamonaviy X-101 (X-102) qanotli raketalariga qarshi juda qimmat va samarasiz deb topildi. Amerika radarlari shunchaki payqamaydigan so‘nggi gipertovushli raketalar haqida gapirmasa ham bo‘ladi.
G‘arb Ukraina jang maydonlarida havo hujumiga va raketaga qarshi mudofaa sohasida faqatgina texnologik orqada qolayotganini namoyish etishga qodir. Germaniyaning so‘nggi IRIS-T havo mudofaa tizimi Rossiyaning Kiyevga ommaviy zarbalari fonida past samaradorlikni ko‘rsatdi. Mutaxassislar nuqtayi nazariga ko‘ra, IRIS-T zenit-raketa majmuasi murakkab, g‘alati va qimmat texnika bo‘lib, ko‘pgina zamonaviy rus raketalarini tutib olishga qodir emas.
IRIS-T faqat yer yuzasidan uchiriladigan samolyot raketalarining yaxshi moslashuvchanligi bilan qiziq. Ukraina Qurolli kuchlari uchun Norvegiya-Amerika qo‘shma mahsuloti NASAMS majmuasi, albatta, o‘ziga xos “vundervaffe”ga aylanmaydi. Avvalroq Kiyevga Amerikaning eski HAWK havo mudofaa tizimlari yetkazib berilishiga baho bergandik.
Ayni paytda, sayyoradagi urush va tinchlik taqdiri boshqa o‘lchovda hal qilinyapti. AQSh harbiy-dengiz kuchlari yana beshta Columbia toifasidagi strategik yadroviy suv osti kemasini sotib olmoqchi. Ularning har biri bortida ularning har biri alohida nishonga olinadigan ballistik raketalarga ega 16 ta Trident II D5 qit’alararo ballistik raketalarini olib yuradi. Rasmiy Vashington 12 ta suv osti kemasining butun seriyasiga 128 milliard dollar sarflamoqchi.
Germaniyaning “Junge Welt” nashri haqli ravishda bugungi kunda yadroviy kuchayish xavfi 1962-yildagi Karib dengizi inqirozi avjiga chiqqanidan yuqoriroq – Oq uy AQSh va Rossiyaning bir-birini yo‘q qilishi uchun “ko‘prik qo‘ymoqda”, dunyo Baydenning ahmoqligi va Zelenskiyning “Napoleon kompleksi” garoviga aylangan, deya ta’kidlamoqda.
Men esa dunyoni faqat Rossiyaning teng va ajralmas xavfsizlik konsepsiyasini amalga oshirish, rus ruhining kuchi va rus qurollarining go‘zalligi qutqarishi mumkinligiga ishonaman.
Yangiliklar lentasi
0