https://oz.sputniknews.uz/20221104/bloomberg-rossiyaga-qarshi-sovuq-urushning-muvaffaqiyatsizligini-korsatib-berdi-29728026.html
“Bloomberg” Rossiyaga qarshi “sovuq urush”ning muvaffaqiyatsizligini ko‘rsatib berdi
“Bloomberg” Rossiyaga qarshi “sovuq urush”ning muvaffaqiyatsizligini ko‘rsatib berdi
Sputnik O‘zbekiston
Maqola muallifiga ko‘ra, Vashington va xususan Oq uy rahbari Jo Baydenning butun dunyo bilan qarama-qarshiliklari Indoneziyadagi G20 sammitidan keyin yanada kuchayadi. 04.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-04T18:18+0500
2022-11-04T18:18+0500
2023-04-05T18:41+0500
dunyoda
olaf shols
jo bayden
vladimir putin
germaniya
xitoy
aqsh
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/04/23140734_0:162:3065:1886_1920x0_80_0_0_2bd7ee8cf34cdda68953be10cbe365e8.jpg
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Rossiyaga qarshi yangi “sovuq urush” ba’zi G‘arb siyosatchilari o‘ylagandek yaxshi ketmayapti, deb yozadi “Bloomberg”.Maqola muallifi Pankaj Mishra ta’kidlaganidek, Germaniya kansleri Olaf Sholsning Xitoyga munozarali safari shundan dalolat beradi.Kuzatuvchi ta’kidlaganidek, bunday yaqqol bo‘linishning sababi, mamlakatlarning AQSh uchun o‘z iqtisodiy manfaatlarini xavf ostiga qo‘yishni istamasligidadir.Maqola muallifiga ko‘ra, Vashington va xususan Oq uy rahbari Jo Baydenning butun dunyo bilan qarama-qarshiliklari Indoneziyadagi G20 sammitidan keyin yanada kuchayadi.G‘arb davlatlari Moskvaga qarshi sanksiyalar qo‘llanilishi va Rossiya yoqilg‘isidan voz kechish siyosati tufayli energiya narxining oshishi va inflyatsiyaning o‘sishiga duch kelmoqda. Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar va Yevropa davlatlari o‘n yilliklar davomida rekord darajadagi inflyatsiyaga duch kelmoqda.
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/04/23140734_168:0:2897:2047_1920x0_80_0_0_59a957f55f437cae063c0ee983433ac8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, olaf shols, jo bayden, vladimir putin, germaniya, xitoy, aqsh, rossiya
dunyoda, olaf shols, jo bayden, vladimir putin, germaniya, xitoy, aqsh, rossiya
“Bloomberg” Rossiyaga qarshi “sovuq urush”ning muvaffaqiyatsizligini ko‘rsatib berdi
18:18 04.11.2022 (yangilandi: 18:41 05.04.2023) Maqola muallifiga ko‘ra, Vashington va xususan Oq uy rahbari Jo Baydenning butun dunyo bilan qarama-qarshiliklari Indoneziyadagi G20 sammitidan keyin yanada kuchayadi.
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Rossiyaga qarshi yangi “sovuq urush” ba’zi G‘arb siyosatchilari o‘ylagandek yaxshi ketmayapti, deb
yozadi “Bloomberg”.
Maqola muallifi Pankaj Mishra ta’kidlaganidek, Germaniya kansleri Olaf Sholsning Xitoyga munozarali safari shundan dalolat beradi.
“Amerika Qo‘shma Shtatlari Xitoy bilan hamkorlikka qat’iy va har tomonlama qarshi bo‘lsa-da, Sholsning Pekinga safar qilgani Vashingtonning nafaqat Berlin bilan, balki butun dunyo bilan munosabatlaridagi bo‘linishdan dalolat beradi”, deb yozadi nashr.
Kuzatuvchi ta’kidlaganidek, bunday yaqqol bo‘linishning sababi, mamlakatlarning AQSh uchun o‘z iqtisodiy manfaatlarini xavf ostiga qo‘yishni istamasligidadir.
“Germaniya Ukraina inqirozi tufayli o‘z iqtisodini qurbon qila olmaydi. Global iqtisodiy manfaatlarga kelsak, ular ham Amerika irodasiga bo‘ysunmaydi”, deb ta’kidladi Mishra.
Maqola muallifiga ko‘ra, Vashington va xususan Oq uy rahbari Jo Baydenning butun dunyo bilan qarama-qarshiliklari Indoneziyadagi G20 sammitidan keyin yanada kuchayadi.
“Indoneziya Rossiya va Xitoy rahbarlari Vladimir Putin va Si Szinpinni qabul qilishga tayyorlanmoqda, Xitoyning ishonchli ittifoqchisi Luis Inasiu “Lula” da Silva Braziliyadagi saylovda g‘alaba qozondi va nihoyat Germaniya kansleri Olaf Shols so‘nggi uch yil ichida Xitoyga tashrif buyurgan birinchi yuqori martabali G‘arb yetakchisiga aylandi - Bayden yolg‘iz jangga mahkum bo‘lishi mumkin”, deb ta’kidladi nashr.
G‘arb davlatlari Moskvaga qarshi sanksiyalar qo‘llanilishi va Rossiya yoqilg‘isidan voz kechish siyosati tufayli energiya narxining oshishi va inflyatsiyaning o‘sishiga duch kelmoqda. Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar va Yevropa davlatlari o‘n yilliklar davomida rekord darajadagi inflyatsiyaga duch kelmoqda.