“Wizz Air” Abu-Dabi — Toshkent reyslarini yo‘lga qo‘yadi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishSamolet Airbus A321 neo aviakompanii Wizz Air Abu Dhabi, arxivnoe foto
Samolet Airbus A321 neo aviakompanii Wizz Air Abu Dhabi, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2022
Obuna bo‘lish
Vengriya aviakompaniyasi 2023-yil 25-yanvarda Toshkentga birinchi parvozni yo‘lga qo‘yadi.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Vengriyaning Wizz Air aviakompaniyasi 2023-yil 25-yanvardan Abu-Dabi — Toshkent aviareyslarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "Uzbekistan airports" xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, parvozlar Airbus A320/A321 samolyotlarida haftasiga uch marta — dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Ma’lumot o‘rnida, "Wizz Air" — Vengriyaning arzon aviakompaniyasi bo‘lib, shtab-kvartirasi Vengriya poytaxti, Budapeshtda joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “WizzAir Abu Dhabi” Toshkent va Samarqandga arzon reyslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi. 13 dekabrdan boshlab Abu-Dabi — Samarqand reysi yo‘lovchilarni tashishni boshlaydi.
“WizzAir Abu Dhabi” – Abu Dabi xalqaro aeroportida joylashgan kam budjetli aviakompaniya, Birlashgan Arab Amirliklarining ADQ davlat investitsiya kompaniyasi hamda "Wizz Air Holdings" xalqaro xolding tomonidan tashkil etilgan qo‘shma korxonasidir.
Yangiliklar lentasi
0