“UzAirways” ikki yil o‘tib Toshkentdan Kuala-Lumpurga parvozlarni tikladi

© Sputnik / Fayed El-Geziri / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Kuala-Lumpur
Goroda mira. Kuala-Lumpur - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2022
Obuna bo‘lish
Malayziya poytaxtiga parvozlar har seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Toshkentdan Kuala-Lumpur (Malayziya)ga muntazam parvozlarni amalga oshira boshladi. Bu haqda aviatashuvchi matbuot xizmati xabar berdi.
“Aviakompaniya ilk parvozni ikki yildan so‘ng, joriy yilning 1-noyabr kuni amalga oshirdi”, - deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, Kuala-Lumpurga parvozlar haftaning ikki kuni: seshanba va jumada amalga oshiriladi.
Avvalroq “Uzbekistan Airways” 30-oktabrdan boshlab qishki jadvalga o‘tishi haqida xabar bergan edik. Kelayotgan qishda aviakompaniya marshrut tarmog‘idagi parvozlarning aksariyati Toshkentdan amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0