Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina bilan yana 107 ga 107 formulasi bo‘yicha o‘zaro asir almashildi – Pushilin

© Sputnik / Sergey Averin / Mediabankka o‘tishPress-konferensiya glavi DNR D. Pushilina
Press-konferensiya glavi DNR D. Pushilina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2022
Obuna bo‘lish
Ukraina zindonlaridan 107 nafar jangchimizni qaytarmoqdamiz, deydi Pushilin.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Donesk xalq respublikasi rahbari vazifasini bajaruvchi Denis Pushilin Ukraina bilan mahbuslar almashinuvi 107 ga 107 formulasi bo‘yicha amalga oshirilganini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ozod etilganlarning 65 nafari DXR va LXR vakillaridir.

“Bugun biz Ukraina zindonlaridan 107 nafar jangchimizni qaytarmoqdamiz. Ukrainaga ham shuncha miqdordagi mahbuslarni qaytarmoqdamiz. Ozod qilinganlarning umumiy sonidan 65 nafari Donesk va Lugansk xalq respublikalaridan. Tez orada ular yaqinlarini bag‘riga bosa oladi”, - deb yozadi Pushilin.

Rossiya va Ukraina o‘rtasida so‘nggi keng ko‘lamli mahbuslar almashinuvi 29-oktabrkuni bo‘lib o‘tdi. Kiyev nazorati ostidagi hududlardan 50 kishi qaytarildi. Ular davolanish va reabilitatsiya uchun Moskvaga olib ketilgan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 24-fevraldan buyon denatsifikatsiya va demilitarizatsiya maqsadida Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida xo‘rlashlar, genotsidlarga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.
Yangiliklar lentasi
0