Toshkent va Bishkek davlat chegarasining ayrim uchastkalari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi
16:55 03.11.2022 (yangilandi: 17:01 03.11.2022)
© Ministerstvo inostrannix del Uzbekistana3 noyabrya 2022 goda v g.Bishkeke sostoyalsya ocherednoy raund politicheskix konsultatsiy mejdu Respublikoy Uzbekistan i Kirgizskoy Respublikoy.
Obuna bo‘lish
Jumladan, Andijon (Kampirobod) suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Bishkek shahrida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV xabar berdi.
Tashqi ishlar vazirlari Vladimir Norov va Jeenbek Kulubayev boshchiligidagi delegatsiyalar O‘zbekiston-Qirg‘iziston o‘rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.
Ikki mamlakat davlatlar rahbarlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni so‘zsiz amalga oshirish bo‘yicha konstruktiv siyosiy muloqotni davom ettirish muhimligi qayd etildi.
Bo‘lajak oliy darajadagi qo‘shma tadbirlar, shu jumladan, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi.
Mamlakatlar o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 30-yilligini nishonlash bo‘yicha Tadbirlar rejasini ("Yo‘l xaritasi") ishlab chiqish va tasdiqlash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida Davlat chegarasini delimitatsiya qilish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.
Tenglik, o‘zaro manfaat va yaxshi qo‘shnichilik tamoyillari asosida davlat chegarasini kesib o‘tish liniyasini huquqiy rasmiylashtirishni yakunlash ikki mamlakat va butun Markaziy Osiyo manfaatlariga javob berishi ta’kidlandi.
Xususan, delegatsiyalar o‘zaro savdo hajmini oshirish va uning nomenklaturasini kengaytirish, ikki tomonlama hamkorlik mexanizmlari faoliyatini faollashtirish, biznes subyektlari va mintaqalar o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish choralarini ko‘rishga kelishib oldilar.
Birgalikda yirik infratuzilma va energetika loyihalarini amalga oshirish, jumladan, "Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston" temir yo‘lini qurish masalalari alohida muhokama qilindi.
O‘zbekiston delegatsiyasining Bishkekka tashrifi doirasida quyidagi hujjatlar imzolandi:
O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasining ayrim uchastkalari to‘g‘risidagi shartnoma;
Andijon (Kampirobod) suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi Bitim;
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va Qirg‘iz Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv resurslari xizmati o‘rtasida suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida Bitim;
Markaziy Osiyo xalqaro instituti va Qirg‘iz Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Diplomatik akademiya o‘rtasida hamkorlik Shartnomasi;
"O‘zarxiv" agentligi va Qirg‘iz Respublikasi Raqamli rivojlanish vazirligi o‘rtasidagi hamkorlik Memorandumi.