https://oz.sputniknews.uz/20221103/tibbiyot-xodimlari-bodikamera-bilan-taminlanishi-mumkin-29689230.html
Tibbiyot xodimlari bodikamera bilan ta’minlanishi mumkin
Tibbiyot xodimlari bodikamera bilan ta’minlanishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Deputatlar tibbiyot xodimining ham, bemorning ham himoyasi ta’minlashga qaratilgan qonun loyihasini muhokama qilishmoqda. 03.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-03T10:41+0500
2022-11-03T10:41+0500
2022-11-03T10:41+0500
jamiyat
shifokor
tibbiyot muassasi
deputatlar
bodikamera
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1a/29487790_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_9fda4d1828fd672f34209d110a82551e.jpg
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Tibbiyot xodimlari ham bodikamera bilan ta’minlanishi mumkin. Bu haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Qizilgul Qosimova ma’lum qildi.Ayni paytda deputatlar tibbiyot xodimlari faoliyatiga oid qonun loyihasini muhokamadan o‘tkazishmoqda. Muhokama jarayonida deputat Qizilgul Qosimova tibbiyot xodimlarini bodikamera bilan ta’minlash taklifi bilan chiqdi.Uning qayd etishicha, ishiga mas’uliyatsiz tibbiyot xodimlari ham yo‘q emas. Ana shunday xodimlar Ma’muriy javobgarlikka taklif etilayotgan yangi moddadan ustalik bilan himoya sifatida foydalanishi mumkin bo‘lib qoladi.Aytilishicha, bunday holatlarni oldini olish maqsadida palata vakillarining zimmasida qonun loyihasini puxta qilib, takomiliga yetkazish vazifasi turibdi. Bunda tibbiyot xodimining ham, bemorning ham himoyasi ta’minlanishi zarur.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yangi 197-7-moddasi kiritilayotgani ma’lum qilingan edi. Mazkur modda bilan, tibbiyot xodimi faoliyatiga to‘sqinlik qilganlarni jarimaga tortish yoki ma’muriy qamoqqa olish belgilanmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1a/29487790_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_6236eacba8a9eec632cf55fe270bd1ad.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, shifokor, tibbiyot muassasi, deputatlar, bodikamera
jamiyat, shifokor, tibbiyot muassasi, deputatlar, bodikamera
Tibbiyot xodimlari bodikamera bilan ta’minlanishi mumkin
Deputatlar tibbiyot xodimining ham, bemorning ham himoyasi ta’minlashga qaratilgan qonun loyihasini muhokama qilishmoqda.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Tibbiyot xodimlari ham bodikamera bilan ta’minlanishi mumkin. Bu haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Qizilgul Qosimova ma’lum qildi.
Ayni paytda deputatlar tibbiyot xodimlari faoliyatiga oid qonun loyihasini muhokamadan o‘tkazishmoqda. Muhokama jarayonida deputat Qizilgul Qosimova tibbiyot xodimlarini bodikamera bilan ta’minlash taklifi bilan chiqdi.
“Ichki ishlar organlari xodimlarida ana shunday moslamalar mavjud. Ayni paytda 3 ming nafarga yaqin tibbiyot xodimi mavjud deb hisoblasak, ushbu masalani hal qilish katta mablag‘ talab qilmasa kerak. Aksincha, bu orqali fuqarolarning ham, tibbiyot xodimining ham mas’uliyati oshadi, zo‘ravonliklarga barham beriladi”, deydi Qizilgul Qosimova.
Uning qayd etishicha, ishiga mas’uliyatsiz tibbiyot xodimlari ham yo‘q emas. Ana shunday xodimlar Ma’muriy javobgarlikka taklif etilayotgan yangi moddadan ustalik bilan himoya sifatida foydalanishi mumkin bo‘lib qoladi.
“Bemor, uning yaqinlari biror masalada maslahatlashmoqchi, kasbiy burchini yaxshiroq bajarishni, masalan, bemordan tez-tez xabar olib turishni so‘raydigan bo‘lsa, tibbiyot xodimi yangi moddani ro‘kach qilib, faoliyatimga to‘sqinlik qilmang, deb qolmaydimi, degan savol va mulohazalar ham yo‘q emas”, deya qo‘shimcha qildi deputat.
Aytilishicha, bunday holatlarni oldini olish maqsadida palata vakillarining zimmasida qonun loyihasini puxta qilib, takomiliga yetkazish vazifasi turibdi. Bunda tibbiyot xodimining ham, bemorning ham himoyasi ta’minlanishi zarur.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yangi 197-7-moddasi kiritilayotgani ma’lum qilingan edi. Mazkur modda bilan, tibbiyot xodimi faoliyatiga to‘sqinlik qilganlarni jarimaga tortish yoki ma’muriy qamoqqa olish
belgilanmoqda.