https://oz.sputniknews.uz/20221103/rossiyalik-ijodkorlar-toshkentdagi-xalqaro-kitob-festivalini-yuqori-baholashdi-29715068.html
Rossiyalik ijodkorlar Toshkentdagi xalqaro kitob festivalini yuqori baholashdi
Rossiyalik ijodkorlar Toshkentdagi xalqaro kitob festivalini yuqori baholashdi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasida rossiyalik yozuvchilarning asarlari taqdimotlari bo‘lib o‘tdi. 03.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-03T20:02+0500
2022-11-03T20:02+0500
2022-11-03T20:02+0500
jamiyat
kitob
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/03/29713748_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_e2bad4e5882cc75a099a8ab7fce820f4.jpg
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz”da tashkil etilgan "Tashkent Book Fest - 2022" III xalqaro kitob yarmarkasida rossiyalik ijodkorlar ham ishtirok etishdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.Yozuvchi kitoblarga o‘zining “Temudjin” asari taqdimoni o‘tkazdi. Kitob Chingizxonning bolaligi haqida hikoya qiladi. Gatapovning so‘zlariga ko‘ra, uning 9-13 yoshidagi davrlarni qamrab 5 ta kitob yozgan.Yarmarkada Rossiyaning “Ayar” nashriyotining “Yakutiya” hamda “Ispoved ischeznuvshix” kitoblarining taqdimotlari ham bo‘lib o‘tdi.“Yakutiya yer yuzidagi eng sovuq o‘lkalardan biridir. Hududlarda -67,8 C, -90,04 S darajada sovuq bo‘ladi. Nashriyotning jamoaviy tarzda yozilgan “Yakutiya” geografik asari 5 ta: rus, ingliz, xitoy, fransuz va nemis tillarida chop etilgan”, - dedi nashriyot xodimi Sardana Gabisheva.“Ispoved ischeznuvshix” bu rossiyalik yozuvchi Nina Dyachkovskayaning avtobiografik qissasi bo‘lib, real voqealar asosida yozilgan.“Nina 90-yillarda Toshkentga keladi va pasport, pul va boshqa buyumlarini yo‘qotib qo‘yadi. 10-yil davomida qiyinchilik bilan ishlab, qora mehnat qiladi va o‘zini asta-sekin tiklay boshlaydi. Muallif ushbu voqealarni qiziqarli sujet asosida o‘z asarida yaratgan. Bugungi taqdimotda ko‘pchilik Ninaning ijodiga qiziqib qoldi”, - deydi Gabisheva.Shuningdek, boshqa xorijiy nashriyotlarning yangi kitoblari, bestsellerlar, bolalar uchun kitoblar, o‘quv qo‘llanmalari, tarjima asarlar va broshuralarning ham taqdimotlari bo‘lib, yarmarkada imtiyozli ravishda sotuvga qo‘yilgan.“Tashkent book fest” III Toshkent xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi 4-noyabrga qadar davom etadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/03/29713748_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_11ee005b8b0c8cb24e0b35ad4402af54.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, kitob, toshkent
Rossiyalik ijodkorlar Toshkentdagi xalqaro kitob festivalini yuqori baholashdi
Toshkent xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasida rossiyalik yozuvchilarning asarlari taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz”da tashkil etilgan "Tashkent Book Fest - 2022" III xalqaro kitob yarmarkasida rossiyalik ijodkorlar ham ishtirok etishdi, deb xabar qilmoqda
Sputnik muxbiri.
“Tadbir yuksak saviyada o‘tmoqda. Men Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlardan taniqli ijodkorlari va zamonaviy nashriyotlarni ko‘rdim. Ishonamanki, mutolaa madaniyatiga bo‘layotgan e’tibor yanada ortadi”, - dedi Rossiya Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi Aleksey Gatapov.
Yozuvchi kitoblarga o‘zining “Temudjin” asari taqdimoni o‘tkazdi. Kitob Chingizxonning bolaligi haqida hikoya qiladi. Gatapovning so‘zlariga ko‘ra, uning 9-13 yoshidagi davrlarni qamrab 5 ta kitob yozgan.
Yarmarkada Rossiyaning “Ayar” nashriyotining “Yakutiya” hamda “Ispoved ischeznuvshix” kitoblarining taqdimotlari ham bo‘lib o‘tdi.
“Yakutiya yer yuzidagi eng sovuq o‘lkalardan biridir. Hududlarda -67,8 C, -90,04 S darajada sovuq bo‘ladi. Nashriyotning jamoaviy tarzda yozilgan “Yakutiya” geografik asari 5 ta: rus, ingliz, xitoy, fransuz va nemis tillarida chop etilgan”, - dedi nashriyot xodimi Sardana Gabisheva.
“Ispoved ischeznuvshix” bu rossiyalik yozuvchi Nina Dyachkovskayaning avtobiografik qissasi bo‘lib, real voqealar asosida yozilgan.
“Nina 90-yillarda Toshkentga keladi va pasport, pul va boshqa buyumlarini yo‘qotib qo‘yadi. 10-yil davomida qiyinchilik bilan ishlab, qora mehnat qiladi va o‘zini asta-sekin tiklay boshlaydi. Muallif ushbu voqealarni qiziqarli sujet asosida o‘z asarida yaratgan. Bugungi taqdimotda ko‘pchilik Ninaning ijodiga qiziqib qoldi”, - deydi Gabisheva.
Shuningdek, boshqa xorijiy nashriyotlarning yangi kitoblari, bestsellerlar, bolalar uchun kitoblar, o‘quv qo‘llanmalari, tarjima asarlar va broshuralarning ham taqdimotlari bo‘lib, yarmarkada imtiyozli ravishda sotuvga qo‘yilgan.
“Tashkent book fest” III Toshkent xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi 4-noyabrga qadar davom etadi.