https://oz.sputniknews.uz/20221103/rossiya-harbiylari-lxrda-xorijiy-yollanma-askarlardan-tuzilgan-ikkita-rotani-yakson-qildi-29715572.html
Rossiya harbiylari LXRda xorijiy yollanma askarlardan tuzilgan ikkita rotani yakson qildi
Rossiya harbiylari LXRda xorijiy yollanma askarlardan tuzilgan ikkita rotani yakson qildi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Qurolli kuchlari Kupansk yo‘nalishidagi hujumlarni qaytardi, 130 dan ortiq ukrainalik jangari yo‘q qilindi. 03.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-03T19:14+0500
2022-11-03T19:14+0500
2023-04-05T18:41+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
lugansk xalq respublikasi (lxr)
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/03/29715398_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_1da1b56f3e2363d1fbbe49d3d814632d.jpg
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Rossiya harbiylari Lugansk xalq respublikasida xorijiy yollanma jangchilardan iborat ikkita rotani mag‘lub etdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.Ittifoqchi kuchlar 130 dan ortiq jangari va ukrainalik harbiylarni, uchta tankni, ikkita jangovar mashina va ikkita HMMWV zirhli avtomobilini yo‘q qildi.Bundan tashqari, Krasniy Liman (Qizil Liman) yo‘nalishida Ukraina Qurolli Kuchlari LXRdagi Makeyevka, Ploshanka va Chervonopopovka qishloqlari yo‘nalishi bo‘yicha uchta kuchaytirilgan batalon bilan oldinga siljishga harakat qildi. Rus qo‘shinlari dushmanni o‘zlarining dastlabki pozitsiyalariga qaytardi.Ittifoqchi kuchlar, shuningdek, Kiyev nazorati ostidagi Donesk xalq respublikasi hududlaridagi Terni va Kirovsk aholi punktlari hududlarida Ukraina zaxiralariga zarba berdi.“Dushmanning yo‘qotishlari 200 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilar, 120 dan ortiq yaradorlar, to‘rtta tank, to‘qqizta zirhli jangovar mashina va sakkizta texnikani tashkil etdi”, - deya aniqlik kiritgan vazirlik.Eslatib o‘tamiz, Rossiya 24-fevraldan buyon denatsifikatsiya va demilitarizatsiya maqsadida Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida xo‘rlashlar, genotsidlarga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.
lugansk xalq respublikasi (lxr)
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/03/29715398_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_6c6d90a045ee8b2c588daeb259136985.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
lugansk xalq respublikasi (lxr), rossiya
lugansk xalq respublikasi (lxr), rossiya
Rossiya harbiylari LXRda xorijiy yollanma askarlardan tuzilgan ikkita rotani yakson qildi
19:14 03.11.2022 (yangilandi: 18:41 05.04.2023) Rossiya Qurolli kuchlari Kupansk yo‘nalishidagi hujumlarni qaytardi, 130 dan ortiq ukrainalik jangari yo‘q qilindi.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Rossiya harbiylari Lugansk xalq respublikasida xorijiy yollanma jangchilardan iborat ikkita rotani mag‘lub etdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi
xabar berdi. “Ukraina Qurolli kuchlari Kupansk yo‘nalishida ikkita xorijiy yollanma askarlar rotasi bilan Lugansk Xalq Respublikasining Novoselovskoe aholi punkti yo‘nalishida Rossiya pozitsiyalariga hujum qilishga urindi. Barcha hujumlar qaytarildi”, - deyiladi vazirlik xabarida.
Ittifoqchi kuchlar 130 dan ortiq jangari va ukrainalik harbiylarni, uchta tankni, ikkita jangovar mashina va ikkita HMMWV zirhli avtomobilini yo‘q qildi.
Bundan tashqari, Krasniy Liman (Qizil Liman) yo‘nalishida Ukraina Qurolli Kuchlari LXRdagi Makeyevka, Ploshanka va Chervonopopovka qishloqlari yo‘nalishi bo‘yicha uchta kuchaytirilgan batalon bilan oldinga siljishga harakat qildi. Rus qo‘shinlari dushmanni o‘zlarining dastlabki pozitsiyalariga qaytardi.
Ittifoqchi kuchlar, shuningdek, Kiyev nazorati ostidagi Donesk xalq respublikasi hududlaridagi Terni va Kirovsk aholi punktlari hududlarida Ukraina zaxiralariga zarba berdi.
“Dushmanning yo‘qotishlari 200 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilar, 120 dan ortiq yaradorlar, to‘rtta tank, to‘qqizta zirhli jangovar mashina va sakkizta texnikani tashkil etdi”, - deya aniqlik kiritgan vazirlik.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 24-fevraldan buyon denatsifikatsiya va demilitarizatsiya maqsadida Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida xo‘rlashlar, genotsidlarga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.