https://oz.sputniknews.uz/20221103/qozogistondagi-konda-gaz-otilishi-oqibatida-besh-kishi-halok-boldi-29701974.html
Qozog‘istondagi konda gaz otilishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi
Qozog‘istondagi konda gaz otilishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Respublikaning Qorag‘anda viloyatidagi Lenin konida to‘satdan gaz otilishi kuzatilgan. 03.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-03T16:34+0500
2022-11-03T16:34+0500
2022-11-03T16:34+0500
dunyoda
qozog‘iston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/1b/25701082_0:317:3076:2047_1920x0_80_0_0_9a53388a493e43e7f194fac8e66db08f.jpg
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Qozog‘istonning Qorag‘anda viloyatidagi Lenin konida gaz otilishi kuzatildi. Oqibatda hozirgacha besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA Novostiga Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy vakili Ruslan Imanqulov ma’lum qildi.“Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, 3-noyabr kuni taxminan soat 03:00 da (Toshkent vaqti bilan soat 02:00) Shaxtinsk shahridagi “Arselor Mittal Temirtau” AJga qarashli Lenin nomidagi konda gaz drenaj quduqlarini burg‘ulash chog‘ida to‘satdan gaz chiqishi yuz bergan”, - deyiladi Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida.Qurbonlardan tashqari, yana to‘rt kishi shifoxonaga yotqizilgan. Jami 100 dan ortiq ishchi kondan evakuatsiya qilingan.Hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri Yuliy Ilin yetib borgan. U fojiani o‘rganish bo‘yicha komissiyaga boshchilik qiladi.Favqulodda vaziyat fakti bo‘yicha Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “Tog‘-kon yoki qurilish ishlarini olib borishda xavfsizlik qoidalarini buzish” bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/1b/25701082_239:0:2968:2047_1920x0_80_0_0_df6d6bb39ffb1dc52746db278741d197.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, qozog‘iston
Qozog‘istondagi konda gaz otilishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi
Respublikaning Qorag‘anda viloyatidagi Lenin konida to‘satdan gaz otilishi kuzatilgan.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Qozog‘istonning Qorag‘anda viloyatidagi Lenin konida gaz otilishi kuzatildi. Oqibatda hozirgacha besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA Novostiga Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy vakili Ruslan Imanqulov
ma’lum qildi. “Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, 3-noyabr kuni taxminan soat 03:00 da (Toshkent vaqti bilan soat 02:00) Shaxtinsk shahridagi “Arselor Mittal Temirtau” AJga qarashli Lenin nomidagi konda gaz drenaj quduqlarini burg‘ulash chog‘ida to‘satdan gaz chiqishi yuz bergan”, - deyiladi Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida.
Qurbonlardan tashqari, yana to‘rt kishi shifoxonaga yotqizilgan. Jami 100 dan ortiq ishchi kondan evakuatsiya qilingan.
Hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri Yuliy Ilin yetib borgan. U fojiani o‘rganish bo‘yicha komissiyaga boshchilik qiladi.
Favqulodda vaziyat fakti bo‘yicha Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “Tog‘-kon yoki qurilish ishlarini olib borishda xavfsizlik qoidalarini buzish” bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.