Qoraqalpog‘istonda o‘quvchilar bepul tayyor oziq-ovqatlar bilan ta’minlanadi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishOtkritie fabriki bortovogo pitaniya v aeroportu Tolmachovo
Otkritie fabriki bortovogo pitaniya v aeroportu Tolmachovo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2022
Obuna bo‘lish
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun 11-noyabrdan keytering tashkilotlari tomonidan bepul oziq-ovqat yetkaziladi.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Qoraqalpog‘istonda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bepul tayyor oziq-ovqatlar bilan ta’minlanadi. Bu haqida Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.
Aytilishicha, 11-noyabr kuni o‘qish boshlanishi bilan barcha maktablarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul tayyor oziq-ovqatlar bilan ta’minlanadi.
"2022/2023 o‘quv yilida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 716 ta ta’lim muassasida 143 577 nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchisi keytering tashkilotlari tomonidan bepul oziq-ovqat bilan ta’minlanadi” deyiladi xabarda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida mavjud 716 ta umumta’lim maktablari hududlar kesimida 64 ta lotlarga joylashtirildi.
Platformaga joylashtirilgan 64 ta lotdan 41 ta lot 11 ta tadbirkorlik subyektlari tomonidan yutib olinib shartnomalar rasmiylashtirildi.
Hozirda 716 ta umumta’lim maktablaridan 481 ta maktabda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bepul ovqat bilan ta’minlanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0