https://oz.sputniknews.uz/20221103/patrushev-afgonistondan-mdhga-terrorchilar-kirib-kelishi-xavfi-haqida-ogohlantirdi-29695166.html
Patrushev Afg‘onistondan MDHga terrorchilar kirib kelishi xavfi haqida ogohlantirdi
Patrushev Afg‘onistondan MDHga terrorchilar kirib kelishi xavfi haqida ogohlantirdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Afg‘onistondagi iqtisodiy inqiroz fonida migratsiya vaziyatining jiddiy yomonlashuvi xavfi mavjudligiga e’tibor qaratdi. 03.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-03T14:21+0500
2022-11-03T14:21+0500
2023-04-05T18:41+0500
dunyoda
afg‘oniston
mdh
tolibon
terrorchilar
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/597/82/5978271_0:0:3113:1751_1920x0_80_0_0_2bafea1d78afc10b0260404fa4b4a725.jpg
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Afg‘onistondagi vaziyat u yerdan qochqinlarning Markaziy Osiyoga ko‘chib o‘tishiga, ular bilan birga terrorchilar MDHga kirishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev ta’kidladi.U Afg‘onistondagi iqtisodiy inqiroz fonida migratsiya vaziyatining jiddiy yomonlashuvi xavfi mavjudligiga e’tibor qaratdi.Patrushev. 2021-yil avgustida toliblar hokimiyatni egallab olganidan so‘ng afg‘onlarning xorijga ommaviy chiqishi boshlaganini qayd etdi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin MDH maxsus xizmatlari va xavfsizlik organlari rahbarlari kengashi yig‘ilishida “Islom davlati”* va boshqa terrorchi guruhlar MDH mamlakatlariga tarqalishga urinishayotganini ta’kidlagandi.*Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/597/82/5978271_342:0:3071:2047_1920x0_80_0_0_87afcb8c323dd7d278d2dc1ca8448183.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, afg‘oniston, mdh, tolibon, terrorchilar, rossiya
dunyoda, afg‘oniston, mdh, tolibon, terrorchilar, rossiya
Patrushev Afg‘onistondan MDHga terrorchilar kirib kelishi xavfi haqida ogohlantirdi
14:21 03.11.2022 (yangilandi: 18:41 05.04.2023) Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Afg‘onistondagi iqtisodiy inqiroz fonida migratsiya vaziyatining jiddiy yomonlashuvi xavfi mavjudligiga e’tibor qaratdi.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Afg‘onistondagi vaziyat u yerdan qochqinlarning Markaziy Osiyoga ko‘chib o‘tishiga, ular bilan birga terrorchilar MDHga kirishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev ta’kidladi.
U Afg‘onistondagi iqtisodiy inqiroz fonida migratsiya vaziyatining jiddiy yomonlashuvi xavfi mavjudligiga e’tibor qaratdi.
Patrushev. 2021-yil avgustida toliblar hokimiyatni egallab olganidan so‘ng afg‘onlarning xorijga ommaviy chiqishi boshlaganini qayd etdi.
“Ayni paytda qochqinlar nafaqat migrantlarning 80 foizdan ortig‘ini qabul qilayotgan Eron va Pokistonga, balki Markaziy Osiyo davlatlariga ham ko‘chib o‘tishi xavfi bor. Bu, jumladan, bugungi kunda afg‘on zaminida o‘zini qulay his qilayotgan xalqaro terroristik tashkilotlar a’zolarining mamlakatlarimizga kirib kelishiga olib kelishi mumkin”, - deya ogohlantirdi Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin MDH maxsus xizmatlari va xavfsizlik organlari rahbarlari kengashi yig‘ilishida “Islom davlati”* va boshqa terrorchi guruhlar MDH mamlakatlariga tarqalishga urinishayotganini
ta’kidlagandi.*Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti