https://oz.sputniknews.uz/20221103/noyabrda-afgoniston-boyicha-moskva-formati-yigilishi-otkaziladi-29712939.html
Noyabrda Afg‘oniston bo‘yicha Moskva formati yig‘ilishi o‘tkaziladi
Noyabrda Afg‘oniston bo‘yicha Moskva formati yig‘ilishi o‘tkaziladi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya prezidentining maxsus vakili noyabr oyining o‘rtalarida Afg‘oniston bo‘yicha Moskva formati yig‘ilishini o‘tkazish rejalashtirilganini ma’lum qildi. 03.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-03T18:52+0500
2022-11-03T18:52+0500
2022-11-03T18:52+0500
siyosat
afg‘oniston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/i/logo/logo-social.png
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Afg‘oniston bo‘yicha Moskva formati yig‘ilishi joriy yil noyabr oyining o‘rtalariga rejalashtirilgan. Bu haqda Rossiya prezidentining maxsus vakili, Rossiya TIV Osiyo bo‘yicha ikkinchi departamenti direktori Zamir Kabulov ma’lum qildi.Uning ta’kidlashicha, amerikaliklar bilan turli ko‘p tomonlama formatlar, jumladan kengaytirilgan “uchlik” (Rossiya, Xitoy, AQSh, Pokiston) muzokaralari tajribasi shuni ko‘rsatdiki, “okean ortidagi hamkasblar ulardan o‘zlarining mintaqa manfaatlariga zid ustunligini saqlab qolishdek xudbin maqsadlarini ilgari surish uchun foydalanayotganini ko‘rsatdi”.Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26-iyul kuni Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazilgandi. Unda ishtirok etgan Afg‘oniston muvaqqat hukumati Tashqi ishlar vaziri Amirxon Muttaqiy AQShni hech qanday shartlarsiz mamlakatning muzlatilgan pullarni qaytarishga chaqirgandi. Bundan tashqari, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Afg‘onistonning xorijdagi moliyaviy aktivlariga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlash muhim ekanligini qayd etgan.Nufuzli tadbirda 20 dan ortiq davlatning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillari, o‘nlab xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek, Afg‘oniston muvaqqat hukumati delegatsiyasi ishtirok etdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, afg‘oniston
Noyabrda Afg‘oniston bo‘yicha Moskva formati yig‘ilishi o‘tkaziladi
Rossiya prezidentining maxsus vakili noyabr oyining o‘rtalarida Afg‘oniston bo‘yicha Moskva formati yig‘ilishini o‘tkazish rejalashtirilganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Afg‘oniston bo‘yicha Moskva formati yig‘ilishi joriy yil noyabr oyining o‘rtalariga rejalashtirilgan. Bu haqda Rossiya prezidentining maxsus vakili, Rossiya TIV Osiyo bo‘yicha ikkinchi departamenti direktori Zamir Kabulov ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, amerikaliklar bilan turli ko‘p tomonlama formatlar, jumladan kengaytirilgan “uchlik” (Rossiya, Xitoy, AQSh, Pokiston) muzokaralari tajribasi shuni ko‘rsatdiki, “okean ortidagi hamkasblar ulardan o‘zlarining mintaqa manfaatlariga zid ustunligini saqlab qolishdek xudbin maqsadlarini ilgari surish uchun foydalanayotganini ko‘rsatdi”.
“Shuni hisobga olib, biz Moskva formati (Rossiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston) doirasidagi ishlarga e’tibor qaratish niyatidamiz, uning navbatdagi yig‘ilishini noyabr oyining o‘rtalarida Moskvada o‘tkazish rejalashtirilgan”, - deb yozadi Kabulov “Nezavisimaya gazeta”dagi
maqolasida.Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26-iyul kuni Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazilgandi. Unda ishtirok etgan Afg‘oniston muvaqqat hukumati Tashqi ishlar vaziri Amirxon Muttaqiy AQShni hech qanday shartlarsiz mamlakatning muzlatilgan pullarni
qaytarishga chaqirgandi. Bundan tashqari, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Afg‘onistonning xorijdagi moliyaviy aktivlariga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlash muhim ekanligini
qayd etgan.Nufuzli tadbirda 20 dan ortiq davlatning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillari, o‘nlab xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek, Afg‘oniston muvaqqat hukumati delegatsiyasi
ishtirok etdi.