https://oz.sputniknews.uz/20221103/kripto-dokon-faoliyatini-tashkil-etish-tartibi-belgilandi-29705678.html
Kripto-do‘kon faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi
Kripto-do‘kon faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi
Sputnik O‘zbekiston
Kripto-do‘kon o‘z faoliyatini kripto-do‘konning elektron platformasi yoki savdo obyekti orqali amalga oshiradi. 03.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-03T19:38+0500
2022-11-03T19:38+0500
2022-11-03T19:38+0500
jamiyat
kriptovalyuta
adliya vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/0f/23343848_0:159:3076:1889_1920x0_80_0_0_79cfc8355d32691f1721e1858d555449.jpg
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Adliya vazirligi kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish qoidalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.Mazkur qoidalar kripto-do‘kon faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.Kripto-do‘kon o‘z faoliyatini kripto-do‘konning elektron platformasi yoki savdo obyekti orqali amalga oshiradi.Kripto-do‘konda elektron platforma orqali quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi:Kripto-do‘konning savdo obyekti orqali:Kripto-do‘konda majburiy identifikatsiyadan o‘tkazilmagan mijozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar, O‘zbekiston rezidentlari tomonidan chiqarilgan kripto-aktivlar bilan operatsiyalar, anonim kripto-aktivlar hamda o‘zaro o‘zgarmas tokenlarni sotib olish yoki sotish operatsiyalarini amalga oshirish taqiqlanadi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Adliya vazirligi kripto-aktivlar aylanmasi sohasida yig‘imlar miqdoriga oid nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgandi. Nizomga ko‘ra, O‘zbekistonda mayning va kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar tomonidan ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun yig‘imlar to‘lanadi.Unga ko‘ra, mayning faoliyati uchun BHMning 10 baravari (3 mln so‘m) etib belgilandi.2023 yildan boshlab kripto-aktivlarni sotish va sotib olish operatsiyalari faqat milliy provayderlar orqali amalga oshiriladi. Xizmatlar provayderlari litsenziyasiga ega bo‘lmagan elektron platformalar (kripto-birjalar va elektron ayirboshlash maydonchalari)dan foydalanish belgilangan tartibda cheklandi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/0f/23343848_174:0:2903:2047_1920x0_80_0_0_12f647eed4a29238dc9adc26f006b6ee.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, kriptovalyuta, adliya vazirligi
jamiyat, kriptovalyuta, adliya vazirligi
Kripto-do‘kon faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi
Kripto-do‘kon o‘z faoliyatini kripto-do‘konning elektron platformasi yoki savdo obyekti orqali amalga oshiradi.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Adliya vazirligi kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish qoidalarini davlat ro‘yxatidan
o‘tkazdi. Mazkur qoidalar kripto-do‘kon faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Kripto-do‘kon o‘z faoliyatini kripto-do‘konning elektron platformasi yoki savdo obyekti orqali amalga oshiradi.
Kripto-do‘konda elektron platforma orqali quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi:
jismoniy shaxslar tomonidan bank o‘tkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni milliy valyutada sotib olish yoki sotish;
chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan bank o‘tkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni xorijiy valyutada sotib olish yoki sotish.
Kripto-do‘konning savdo obyekti orqali:
jismoniy shaxslar tomonidan bank o‘tkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni milliy valyutada sotib olish;
mijozlar tomonidan kripto-aktivlarni naqd pul ko‘rinishida milliy yoki xorijiy valyutada sotib olish;
mijozlar tomonidan kripto-aktivlarni faqat milliy valyutada sotish.
Kripto-do‘konda majburiy identifikatsiyadan o‘tkazilmagan mijozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar, O‘zbekiston rezidentlari tomonidan chiqarilgan kripto-aktivlar bilan operatsiyalar, anonim kripto-aktivlar hamda o‘zaro o‘zgarmas tokenlarni sotib olish yoki sotish operatsiyalarini amalga oshirish taqiqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Adliya vazirligi kripto-aktivlar aylanmasi sohasida yig‘imlar miqdoriga oid nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgandi. Nizomga ko‘ra, O‘zbekistonda mayning va kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar tomonidan ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun yig‘imlar to‘lanadi.
Unga ko‘ra, mayning faoliyati uchun BHMning 10 baravari (3 mln so‘m) etib belgilandi.
2023 yildan boshlab kripto-aktivlarni sotish va sotib olish operatsiyalari faqat milliy provayderlar orqali amalga oshiriladi. Xizmatlar provayderlari litsenziyasiga ega bo‘lmagan elektron platformalar (kripto-birjalar va elektron ayirboshlash maydonchalari)dan foydalanish belgilangan tartibda
cheklandi.