https://oz.sputniknews.uz/20221103/issiqxonalarga-gazdan-qarzdorlik-uchun-6-oy-penya-hisoblanmaydi-29692607.html
Issiqxonalarga gazdan qarzdorlik uchun 6 oy penya hisoblanmaydi
Issiqxonalarga gazdan qarzdorlik uchun 6 oy penya hisoblanmaydi
Sputnik O‘zbekiston
Issiqxona xo‘jaliklari va muzlatkichli omborxonalar uchun ajratilgan kreditlarni qaytarish muddatlari 14-yil etib belgilanadi va imtiyozli davr uzaytiriladi 03.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-03T11:53+0500
2022-11-03T11:53+0500
2022-11-03T11:53+0500
iqtisod
issiqxona
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/74/14177484_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_b8de759eb4252e3fb6570ff0ce49353c.jpg
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Issiqxona xo‘jaliklariga ajratilgan kreditlarda imtiyozli davr 5-yilga uzaytiriladi. Ularga gazdan qardorlik uchun 2023-yil 1-aprelgacha – 6 oy davomida penya hisoblanmaydigan bo‘ldi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyevning 2-noyabr kuni imzolagan “Issiqxona xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.Qarorga ko‘ra, issiqxona xo‘jaliklari va muzlatkichli omborxonalarning iqtisodiy jihatdan samarali ishlashi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratiladi.Issiqxona xo‘jaliklarini aylanma mablag‘ bilan ta’minlash uchun banklar tomonidan 1-yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan kredit ajratiladi.Bunda mazkur kreditlar Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligiga ajratilgan budjet ssudasi hisobidan moliyalashtiriladi.Issiqxona xo‘jaliklarida eksportbop mahsulot yetishtirishga talab etiladigan aylanma mablag‘lar uchun xorijiy valyutadagi bank kreditlari Eksportni rag‘batlantirish agentligi mablag‘lari hisobidan yillik 4 foiz stavkada (shundan, bank marjasi 2 foiz) ajratiladi.Ajratilgan kreditlarni qaytarish muddatlari issiqxonalarda hosilni yig‘ib olish va sotish muddatlariga moslashtiriladi.Issiqxona xo‘jaliklari uchun tijorat banklariga kredit va ularning foizini qaytarish muddati qat’iy ravishda mahsulotning pishib-yetilishi davriga moslashtiriladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/74/14177484_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_fd044041755d857974cb8fdc25572dfb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, issiqxona
Issiqxonalarga gazdan qarzdorlik uchun 6 oy penya hisoblanmaydi
Issiqxona xo‘jaliklari va muzlatkichli omborxonalar uchun ajratilgan kreditlarni qaytarish muddatlari 14-yil etib belgilanadi va imtiyozli davr uzaytiriladi
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Issiqxona xo‘jaliklariga ajratilgan kreditlarda imtiyozli davr 5-yilga uzaytiriladi. Ularga gazdan qardorlik uchun 2023-yil 1-aprelgacha – 6 oy davomida penya hisoblanmaydigan bo‘ldi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyevning 2-noyabr kuni imzolagan “Issiqxona xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida
belgilangan. Qarorga ko‘ra, issiqxona xo‘jaliklari va muzlatkichli omborxonalarning iqtisodiy jihatdan samarali ishlashi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratiladi.
Issiqxona xo‘jaliklari va muzlatkichli omborxonalar uchun ajratilgan milliy va xorijiy valyutadagi kreditlarni qaytarish muddatlari umumiy hisobda 14-yil etib belgilanadi va imtiyozli davr 3-yildan 5-yilgacha uzaytiriladi.
Issiqxona xo‘jaliklarini aylanma mablag‘ bilan ta’minlash uchun banklar tomonidan 1-yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan kredit ajratiladi.
Bunda mazkur kreditlar Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligiga ajratilgan budjet ssudasi hisobidan moliyalashtiriladi.
Issiqxona xo‘jaliklarida eksportbop mahsulot yetishtirishga talab etiladigan aylanma mablag‘lar uchun xorijiy valyutadagi bank kreditlari Eksportni rag‘batlantirish agentligi mablag‘lari hisobidan yillik 4 foiz stavkada (shundan, bank marjasi 2 foiz) ajratiladi.
Ajratilgan kreditlarni qaytarish muddatlari issiqxonalarda hosilni yig‘ib olish va sotish muddatlariga moslashtiriladi.
Issiqxona xo‘jaliklariga tabiiy gaz bo‘yicha to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirmaganlik uchun penya summasi 2022-yil 1-oktabrdan 2023-yil 1-aprelgacha, istisno tariqasida, hisoblanmaydi.
Issiqxona xo‘jaliklari uchun tijorat banklariga kredit va ularning foizini qaytarish muddati qat’iy ravishda mahsulotning pishib-yetilishi davriga moslashtiriladi.