Britaniyaning Rossiyadagi elchisi TIVga chaqirtirildi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishDebora Bronnert
Debora Bronnert - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2022
Obuna bo‘lish
Debora Bronnertni Rossiya TIV binosi oldida "Britaniya – terrorchilar mamlakat” deb yozilgan plakat ko‘tarib olgan olomon qarshi olgan.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Buyuk Britaniya elchisi Debora Bronnert Londonning Kiyevning Sevastopolga uyushtirgan hujumiga aloqasi borligi sabab Rossiya TIVga chaqirtirildi.
RIA Novosti xabariga ko‘ra, Britaniya elchisini Rossiya TIV binosi oldida olomon kutib turgan va uni “Britaniya – terrorchilar mamlakat” degan hayqiriqlar bilan qarshi olishgan.
Bronnert esa jurnalistlarning savoli javob bermasdan TIV binosiga kirib ketgan.
Kecha Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Buyuk Britaniya elchisi chaqirtirilishi va unga London Qora dengiz flotining Sevastopoldagi bazasiga uyushtirilgan hujumga aloqadorligini isbotlovchi dalillar taqdim etilishini ma’lum qilgan edi.
29 oktabr kuni erta tongda Kiyev rejimi Sevastopol akvatoriyasidagi Qora dengiz floti kemalari va fuqarolik kemalariga terrorchilik hujumi uyushtirdi. Rossiya Mudofaa vazirligining aniqlik kiritishicha, teraktga tayyorgarlik ko‘rish va Ukrainaning 73-Dengiz operatsiyalari maxsus markazi harbiy xizmatchilarining tayyorgarligi Buyuk Britaniyadan kelgan mutaxassislar rahbarligida amalga oshirilgan.
Yangiliklar lentasi
0