Alohida xizmat ko‘rsatgan pensionerlarga ustama to‘lanishi mumkin

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2022
Obuna bo‘lish
2023 yil 1-yanvardan pensiyalar uchun qo‘shimcha ravishda o‘rtacha 275 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. O‘zbekiston oldida alohida xizmati bo‘lgan shaxslarga pensiyani BHMni 100 foizidan 150 foizigacha ustama haq to‘lash tartibi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan brifingda Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi boshqarma boshlig‘i Farrux Pardayev pensiya tayinlash tartibini takomillashtirishga oid qonun mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berdi.
Qonunga muvofiq 2023-yil 1-yanvardan boshlab I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning pensiya tayinlanganidan keyin kamida 1-yillik ish staji mavjud bo‘lgan taqdirda ish staji va ish haqilarini inobatga olgan holda har 2-yilda bir marotaba qayta hisoblab chiqiladi. Natijada, 2023-yilda 75 mingdan ziyod nogironligi bo‘lgan shaxslarning pensiyalari ularning arizalariga asosan qayta hisob-kitob qilinib o‘rtacha 300 ming so‘mgacha oshadi.
Shuningdek, kelgusida nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin mehnat faoliyatini olib borgan 43 mingdan ziyod nogironligi bo‘lgan shaxslarning pensiyalari har 2-yilda (ish staji va oylik ish haqidan kelib chiqib) bir marotaba qayta hisoblab boriladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning pensiyalarini qayta hisoblash ular tomonidan yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlariga qilgan murojaatlari asosida amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi oldida alohida xizmatlari bo‘lgan shaxslarga ularning xizmatlariga qarab pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorini 100 foizidan 150 foizigacha ustama haqini to‘lash tartibi Hukumat tomonidan belgilanishi ko‘zda tutilyapti.
Qonunda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun 2023-yil 1-yanvardan e’tiboran Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yiliga qo‘shimcha ravishda o‘rtacha 275 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.
Invalid-predprinimatel - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2022
Nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt ish stajiga qo‘shiladi
Yangiliklar lentasi
0