Rossiyaga qarshi to‘laqonli axborot urushi boshlangan – Kiselov

© Sputnik / Nina ZotinaDmitriy Kiselev
Dmitriy Kiselev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2022
Obuna bo‘lish
“Rossiya segodnya” Xalqaro mediaguruhi bosh direktori “O‘zgaruvchan dunyoda media rivojlanishi” mediaforumida nutq so‘zlayapti.
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Rossiyaga qarshi to‘laqonli, chegirmalarsiz, axborot urushi olib borilyapti, ammo haqiqat biz tomonda, deydi “Rossiya segodnya” Xalqaro mediaguruhi bosh direktori Dmitriy Kiselov.

“Agar Rossiyaga qarshi urush hozir gibrid bo‘lsa, axborot tajovuzi juda to‘liq, hech qanday chegirmalarsiz, noaniqliklarsiz, biz bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, axborot urushlarida mavjud bo‘lgan barcha vositalar bilan kurashmoqdalar va yangilarini ixtiro qilmoqdalar. Ammo hech narsa o‘xshamayapti, chunki haqiqat biz tomonda, haqiqat Rossiyaga va amalda butun dunyoga tajovuzni boshlaganlarga qarshi”, - dedi Kiselov MDH davlatlarining “O‘zgaruvchan dunyoda media rivojlanishi” mediaforumi ishtirokchilariga yo‘llagan qutlov nutqida.

Uning ta’kidlashicha, “agar Yevropa gaz quvurlari portlashi haqida haqiqat aytilsa, u anglo-sakslarga qarshi va Rossiya foydasiga bo‘ladi, shuning uchun ular buni aytmayapti”. Uning so‘zlariga ko‘ra, boshqa bir qator mavzularda ham vaziyat xuddi shunday. Kiselev Rossiya axborot urushlarida mag‘lub bo‘lmayotganiga ishonch bildirdi.
“Biz birmiz, barqarormiz va g‘alabagacha bo‘lgan masofani shu tarzda bosib o‘tamiz”, - deya qo‘shimcha qildi u.
Ma’lumot uchun, forumni “Rossiya segodnya” Xalqaro mediaguruhi Rossiyaning Raqamli rivojlanish, aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vazirligi ko‘magida tashkil qilgan.
Yangiliklar lentasi
0