O‘zbekistonlik bokschilar Iordaniyadagi Osiyo chempionatini g‘alaba bilan boshlashdi - video

© NOKAbdumalik Xalakov serebranniy prizem ChM po boksu
Abdumalik Xalakov serebranniy prizem ChM po boksu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2022
Obuna bo‘lish
Ammonda navbatdagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Abdumalik Xalakov va Ruslan Abdullayev ilk janglaridan raqiblarini mag‘lub etishdi.
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. O‘zbekistonlik bokschilar Iordaniya poytaxti Ammondagi kattalar o‘rtasidagi boks bo‘yicha Osiyo chempionatini g‘alaba bilan boshlashdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston boks federatsiyasi.
Abdumalik Xalakov (-57 kg) musobaqadagi ilk jangini tailandlik Saravut Suketga qarshi o‘tkazdi va 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Yana bir o‘zbekistonlik bokschi Ruslan Abdullayev (-63,5 kg) yaponiyalik raqibi Shunsuke Kitamotoni 5:0 hisobida mag‘lub etdi.
Musobaqalar 13-noyabrgacha davom etadi. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 13 nafar, ayollar terma jamoasi esa 10 nafar bokschi bilan musobaqada ishtirok etmoqda.
Iordaniyadagi Osiyo chempionatida qatnashadigan bokschilar IBAning yangi reytingi uchun ochkolar ishlab olishadi. Osiyo chempionatida qit’aning 27 ta mamlakatidan bokschilar ishtirok etishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0