O‘zbekiston harbiy prokurori o‘zgardi

© Press-slujba prokuraturi Xorezmskoy oblasti Botir Kudratxodjayev
Botir Kudratxodjayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2022
Obuna bo‘lish
Xorazm viloyati prokurori lavozimida ishlab kelayotgan Botir Qudratxo‘jayev bosh prokuror o‘rinbosari – harbiy prokuror bo‘ldi.
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Shuhrat Uzoqov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan bosh prokuror o‘rinbosari – harbiy prokuror lavozimidan ozod etildi. Bu haqda “Nigoh” Telegram kanalida xabar berildi.
Shuhrat Uzoqov 2020-yil fevralidan beri O‘zbekiston harbiy prokurori lavozimida ishlab kelayotgandi. U qaysi ishga o‘tgani hozircha noma’lum.
Uning o‘rniga Xorazm viloyati prokurori lavozimida faoliyat yuritib kelgan Botir Kudratxo‘jayev tayinlandi.
Botir Qudratxo‘jayev 2016−2017 yillarda Toshkent shahri prokurori bo‘lib ishlagan. Undan avvalroq Surxondaryo viloyati prokurori vazifasini bajaruvchi, viloyat prokurori bo‘lib ishlagan (2014−2016). Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro burosi direktori lavozimida ham faoliyat yuritgan. Kudratxo‘jayev 2020-yil oktabridan beri Xorazm viloyati prokurori lavozimida ishlab kelayotgandi.
Yangiliklar lentasi
0