Moskva Sevastopolga hujumda Britaniyaning aloqadorligini isbotlovchi dalillarni taqdim etadi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishZdanie MID RF
Zdanie MID RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Buyuk Britaniya elchisiga Sevastopoldagi bazasiga uyushtirilgan hujumga Londonning qo‘li borligini isbotlovchi materiallar va dalillar taqdim etilishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Rossiya Buyuk Britaniya elchisi Debora Bronnertga rasmiy London Qora dengiz flotining Sevastopoldagi bazasiga uyushtirilgan hujumga aloqadorligini isbotlovchi materiallar va dalillarni taqdim etadi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova brifingda ma’lum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.
“Albatta, 29-oktabr kuni Sevastopoldagi Qora dengiz floti bazasiga uyushtirilgan teraktda, “Shimoliy oqim”dagi sabotajda Britaniya razvedka xizmatlarining aloqasi borligiga shubha yo‘q, ular javobdan bebahra qolmaydi, biz bu haqda Xavfsizlik Kengashida ochiq gaplashgan edik”, - dedi diplomat.
Zaxarova tez orada Britaniya elchisi Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilishi va unga tegishli hujjatlar taqdim etilishini, keyinroq ular bilan jamoatchilik ham tanishishi mumkinligini tasdiqladi.
“Bu yerda gap aniq etika haqida emas, lekin ma’lum protsessual muammolar bor: elchi Smolenkaga chaqirilib, uchrashuv o‘tkazilishi bilan biz ushbu ma’lumotni baham ko‘ramiz, u bizning manbalarimizda e’lon qilinadi – TIV sayti va TIVning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida”, - deya qo‘shimcha qilgan vazirlik vakili.
29 oktabr kuni erta tongda Kiyev rejimi Sevastopol akvatoriyasidagi Qora dengiz floti kemalari va fuqarolik kemalariga terrorchilik hujumi uyushtirdi. Rossiya Mudofaa vazirligining aniqlik kiritishicha, teraktga tayyorgarlik ko‘rish va Ukrainaning 73-Dengiz operatsiyalari maxsus markazi harbiy xizmatchilarining tayyorgarligi Buyuk Britaniyadan kelgan mutaxassislar rahbarligida amalga oshirilgan.
Shundan so‘ng, Moskva oziq-ovqat bo‘yicha kelishuvda ishtirokini vaqtinchalik to‘xtatib qo‘ydi. Biroq Ukraina Qora dengiz don yo‘lagi va Ukraina portlari Rossiyaga qarshi harbiy amaliyotlar uchun foydalanilmasligiga yetarli kafolatlar berganidan so‘ng, 2-noyabr kuni RF bitimdagi ishtirokini qayta tikladi.
Yangiliklar lentasi
0