https://oz.sputniknews.uz/20221102/evropada-egulik-tugayapti-aybdor-oz-ozidan-malumki-rossiya-29679962.html
Yevropada yegulik tugayapti. Aybdor, o‘z o‘zidan ma’lumki, Rossiya
Yevropada yegulik tugayapti. Aybdor, o‘z o‘zidan ma’lumki, Rossiya
Sputnik O‘zbekiston
Yevropaga oziq-ovqat tanqisligi xavf solyapti, G‘arb OAVlari, shubhasiz, bunda Rossiya ayblashga tushib ketishgan. Biroq aslida ham shundaymi? 02.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-02T22:04+0500
2022-11-02T22:04+0500
2023-04-05T18:41+0500
kolumnistlar
yevropa
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/02/29665892_0:0:3071:1728_1920x0_80_0_0_fc32a473bce00417a9e353714786ac24.jpg
Mintaqaga oziq-ovqat inqirozi yaqinlashayotgani xususida ba’zan hisob-kitob va nazorat zanjiridan bo‘shalib ketadigan Yevropa matbuoti iyuldayoq bong ura boshlagandi.“G‘alla yaqin haftalarda taqchil bo‘lib qolishi mumkin. Fermer xo‘jaliklari federatsiyasi noqulay ob-havo sharoiti, xususan, qurg‘oqchilik tufayli g‘alla hosili past bo‘lishidan xavotirda ekanini bildirdi. G‘allakorlar boshqa ekinlar, masalan, grechka haqida ham xuddi shunday tashvish bildirdilar. O‘z navbatida, bu omillar turli xil un navlarining yetishmasligiga olib kelishi mumkin”.Fransiya uchun asosiy ekinlarni yig‘ib olish bilan bog‘liq muammolar haqida so‘z boruvchi maqola shu yilning 15-iyulida chop etilgan.Ikkita yirik chakana savdo do‘konlari “Leclerc” va “Super U” rahbariyati oradan olti oy o‘tar-o‘tmas yanada noxush prognozlarni e’lon qildi. Mishel-Eduard Lekler va Dominik Shelsher nuqtayi nazaridan, mamlakat oziq-ovqat narxlarida misli ko‘rilmagan inflyatsiyaga duch kelishi mumkin (Janob Leklerning fikriga ko‘ra, u yil oxiriga kelib deyarli 17 foizga yetishi mumkin, aniqrog‘i 16,9 foizga, janob Shelsher, bundan tashqari, odatdagi mahsulotlarning kamida o‘n foizi sotuvdan yo‘qoladi deb hisoblaydi).“Le Monde” gazetasining kollektiv nazariyotchisi chakana sotuvchilardan qolishmaslikka qaror qildi. U chakana sotuvchilar tomonidan keltirilgan raqamlarni tasdiqladi va Fransiyada hozir joriy asrda misli ko‘rilmagan inflyatsiya darajasi kuzatilayotgani hamda oxirgi marta bunday yuqori narx rastalarda 30-yildan ko‘proq vaqt oldin ko‘rilganini qo‘shimcha qildi.“G‘alati tasodif” bilan, bir necha kun oldin bajarish shartlari buzilgani uchun Rossiya o‘z ishtirokini to‘xtatib qo‘ygan don kelishuvi 22-iyul kuni kuchga kirdi.Aynan o‘sha paytda Yevropa ommaviy axborot vositalari noqulay ob-havo sharoiti va natijada qit’ada don ekinlari tanqisligi tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kam hosil haqida maqolalarni nashr eta boshladilar.Buni oddiy tasodif deb hisoblaymiz.Bu yerda ham tasodif, lekin juda oddiy emas.Ushbu don bitimi kelishuvlarini nazorat qilgan va muzokaralarga shafelik qilgan BMT ma’lumotlariga ko‘ra, dengiz yo‘lagi bo‘ylab eksport qilinadigan don mahsulotlarining 47 foizi “yuqori daromadli” mamlakatlarga ketgan.G‘alla yuklarining 27 foizi “o‘rta va yuqori daromadli” davlatlarga jo‘natilgan. Va bir foiz kamroq, ya’ni 26 foizi qashshoq mamlakatlarga ketgan.Germaniya, yana o‘sha BMT statistikalariga ko‘ra, Yamandan ikki baravar ko‘p don olgan. Fransiya esa Somaliga qancha berilgan bo‘lsa, shuncha olgan.Agar faqatgina “xalqaro hamjamiyat Rossiyaning xatti-harakatidan” noroziligini emas, voqealar zanjirining o‘zini ko‘rib chiqsak va birlashgan Yevropadagi mahsulotlar narxini kuzatib borsak, shuningdek, masalan, yevropalik dehqonlar hayotdan mamnun Yevropa parrandalarini nima bilan boqishadi va masalan, cho‘chqalar uchun ozuqa tarkibiga qanday komponentlar kiritilganiga qarasak, u deyarli donlardan iborat ekani ma’lum bo‘ladi. Bu birinchi navbatda bug‘doy. Ikkinchisi – makkajo‘xori.Olti oy oldin ogohlantirish berilgan bug‘doy hosili ahamiyatsiz bo‘lib chiqdi va Fransiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil o‘tgan yoz va kuzda yig‘ib olinganidan ikki million tonnaga kam hosil ko‘tarilgan.Keyin esa chakana sotuvchilar aytayotgan mahsulotlar taqchilligini ko‘rsatish uchun yoqilg‘i narxining oshishini qo‘shish va yuqorida ko‘rsatilgan inflyatsiyaga ko‘paytirish kerak.Ehtimol, Yangi yil, bayramlar va boshqa o‘yin-kulgilar oldidan, ular, chakana sotuvchilar, qandaydir tarzda savdo marjalarini kamaytirishlari mumkin. Ammo yarim tun bo‘lishi bilanoq, Yevropa mo‘l-ko‘lchilik aravasi bo‘sh rastalarga aylanishi mumkin. Avvalgi hashamatdan urvoq ham qolmaydi.Aslida, Makron “mo‘l-ko‘lchilikning tugashi” haqida gapirganda, xalqni shundan ogohlantirmaganmidi? Avgust oyining oxirida, albatta, ular uni eshitishni va tinglashni xohlamadilar, chunki fransuzlar, barcha yevropaliklar singari, so‘nggi ta’til kunlarining gashtini chiqarayotgandi.Ammo oddiy fuqarolar hozirgacha ko‘tara oladigan narsa yevropalik burokratlar uchun deyarli mumkin emas.Ular juda tez hisob-kitob qilib, tushundilarki qachondir juda to‘q bo‘lgan qit’a yeguliksiz qolishi mumkin.Aytishlaricha, "oziq-ovqat inqirozini Rossiya tashkil qiladi" degan qichqiriqlar faqat so‘nggi evropaliklar orasidan ishonuvchan tabiatni hayratda qoldirishi mumkin.“Oziq-ovqat inqirozini Rossiya uyushtirapti” degan hayqiriqlar faqat evropaliklar orasidagi so‘nggi ishonuvchan tabiatli insonlarni hayratda qoldirishi mumkin.Aslida esa Yevropa nafaqat sovuq va qorong‘i, balki och qolishi mumkin bo‘lgan vaziyatga tushib qolishdan juda qo‘rqadi.Och, albatta, Yevropa standartlari bo‘yicha. Qolaversa, inflyatsiya va narxlar oshishidan yetarlicha aziyat chekkanlar och qoladi. Aholining ijtimoiy jihatdan eng zaif qatlami och qolishi mumkin.Yevroburokratlarni Somali yoki Yamanning ochlikdan azob chekayotgan aholisi taqdiri tashvishga solmaydi. Ular uzoqda. Ular birlashgan Yevropaga hech qanday tahdid solmaydi. Yevroburokratlar sabri va kamtarligi allaqachon chok-chokidan so‘kilayotgan o‘z vatandoshlaridan, yevropaliklardan qo‘rqishadi. Yevroburokratlar fuqarolik itoatsizligidan qo‘rqishadi.“Bu ijtimoiy inqirozmi? Yo‘q, hurmatli rais, bu inqilob!”Agar ilgari bunday “teshik”lar pul chiqarib, old-orqasiga qaramay nafaqalarni oshirish bilan yopilgan bo‘lsa, ikki raqamli inflyatsiya sharoitida bunday harakatlar imkonsiz.Agar ilgari Rossiyadan gaz va neftni biroz ko‘proq yetkazishni so‘rab, chakana yoqilg‘i narxini pasaytirish imkoni bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda bu haqida gap bo‘lishi mumkin emas.Agar ilgari xuddi shu Kanada yoki Hindistonga borib, ortiqcha don sotib olish mumkin bo‘lgan bo‘lsa, bu ham hozir ish bermaydi.Oqibatda o‘zini grossmeyster deb hisoblagan va katta shaxmat taxtasida o‘yin o‘ynashga qaror qilganlar oxir-oqibat har bir keyingi harakati vaziyatni yomonlashtirganda, sugsvang holatiga kelib qolganini tushundi.Albatta, vahima, va tahdidlar shuning uchun. Agar ular o‘z lavozimlari, ta’rifiga ko‘ra, davlat tafakkurining mavjudligini va o‘zlarining geosiyosiy qadamlarini sarhisob qilish qobiliyatini nazarda tutadigan odamlardan bo‘lmaganida edi, ayblovlar ham boshqacha bo‘lar edi.Shunday qilib, bizga aytilganlarga birgina Ivan Andreyevich Krilovning iqtibosi bilan e’tiroz bildirish mumkin.“Avval o‘zingga boq, keyin nog‘ora qoq”.
yevropa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Yelena Karayeva
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/16/19351330_0:0:100:100_100x100_80_0_0_b26f64e2131fae54a474174e52857591.jpg
Yelena Karayeva
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/16/19351330_0:0:100:100_100x100_80_0_0_b26f64e2131fae54a474174e52857591.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/02/29665892_39:0:2770:2048_1920x0_80_0_0_a1551456c8f1bb76c534872fde1d2225.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yelena Karayeva
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/16/19351330_0:0:100:100_100x100_80_0_0_b26f64e2131fae54a474174e52857591.jpg
kolumnistlar, yevropa, rossiya
kolumnistlar, yevropa, rossiya
Yevropada yegulik tugayapti. Aybdor, o‘z o‘zidan ma’lumki, Rossiya
22:04 02.11.2022 (yangilandi: 18:41 05.04.2023) Yevropaga oziq-ovqat tanqisligi xavf solyapti, G‘arb OAVlari, shubhasiz, bunda Rossiya ayblashga tushib ketishgan. Biroq aslida ham shundaymi?
Mintaqaga oziq-ovqat inqirozi yaqinlashayotgani xususida ba’zan hisob-kitob va nazorat zanjiridan bo‘shalib ketadigan Yevropa matbuoti iyuldayoq bong ura boshlagandi.
“G‘alla yaqin haftalarda taqchil bo‘lib qolishi mumkin. Fermer xo‘jaliklari federatsiyasi noqulay ob-havo sharoiti, xususan, qurg‘oqchilik tufayli g‘alla hosili past bo‘lishidan xavotirda ekanini bildirdi. G‘allakorlar boshqa ekinlar, masalan, grechka haqida ham xuddi shunday tashvish bildirdilar. O‘z navbatida, bu omillar turli xil un navlarining yetishmasligiga olib kelishi mumkin”.
Fransiya uchun asosiy ekinlarni yig‘ib olish bilan bog‘liq muammolar haqida so‘z boruvchi maqola shu yilning 15-iyulida chop etilgan.
Ikkita yirik chakana savdo do‘konlari “Leclerc” va “Super U” rahbariyati oradan olti oy o‘tar-o‘tmas yanada noxush prognozlarni e’lon qildi. Mishel-Eduard Lekler va Dominik Shelsher nuqtayi nazaridan, mamlakat oziq-ovqat narxlarida misli ko‘rilmagan inflyatsiyaga duch kelishi mumkin (Janob Leklerning fikriga ko‘ra, u yil oxiriga kelib deyarli 17 foizga yetishi mumkin, aniqrog‘i 16,9 foizga, janob Shelsher, bundan tashqari, odatdagi mahsulotlarning kamida o‘n foizi sotuvdan yo‘qoladi deb hisoblaydi).
“Le Monde” gazetasining kollektiv nazariyotchisi chakana sotuvchilardan qolishmaslikka qaror qildi. U chakana sotuvchilar tomonidan keltirilgan raqamlarni tasdiqladi va Fransiyada hozir joriy asrda misli ko‘rilmagan inflyatsiya darajasi kuzatilayotgani hamda oxirgi marta bunday yuqori narx rastalarda 30-yildan ko‘proq vaqt oldin ko‘rilganini qo‘shimcha qildi.
“G‘alati tasodif” bilan, bir necha kun oldin bajarish shartlari buzilgani uchun Rossiya o‘z ishtirokini to‘xtatib qo‘ygan don kelishuvi 22-iyul kuni kuchga kirdi.
Aynan o‘sha paytda Yevropa ommaviy axborot vositalari noqulay ob-havo sharoiti va natijada qit’ada don ekinlari tanqisligi tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kam hosil haqida maqolalarni nashr eta boshladilar.
Buni oddiy tasodif deb hisoblaymiz.
Bu yerda ham tasodif, lekin juda oddiy emas.
Ushbu don bitimi kelishuvlarini nazorat qilgan va muzokaralarga shafelik qilgan BMT ma’lumotlariga ko‘ra, dengiz yo‘lagi bo‘ylab eksport qilinadigan don mahsulotlarining 47 foizi “yuqori daromadli” mamlakatlarga ketgan.
G‘alla yuklarining 27 foizi “o‘rta va yuqori daromadli” davlatlarga jo‘natilgan. Va bir foiz kamroq, ya’ni 26 foizi qashshoq mamlakatlarga ketgan.
Germaniya, yana o‘sha BMT statistikalariga ko‘ra, Yamandan ikki baravar ko‘p don olgan. Fransiya esa Somaliga qancha berilgan bo‘lsa, shuncha olgan.
Agar faqatgina “xalqaro hamjamiyat Rossiyaning xatti-harakatidan” noroziligini emas, voqealar zanjirining o‘zini ko‘rib chiqsak va birlashgan Yevropadagi mahsulotlar narxini kuzatib borsak, shuningdek, masalan, yevropalik dehqonlar hayotdan mamnun Yevropa parrandalarini nima bilan boqishadi va masalan, cho‘chqalar uchun ozuqa tarkibiga qanday komponentlar kiritilganiga qarasak, u deyarli donlardan iborat ekani ma’lum bo‘ladi. Bu birinchi navbatda bug‘doy. Ikkinchisi – makkajo‘xori.
Olti oy oldin ogohlantirish berilgan bug‘doy hosili ahamiyatsiz bo‘lib chiqdi va Fransiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil o‘tgan yoz va kuzda yig‘ib olinganidan ikki million tonnaga kam hosil ko‘tarilgan.
Keyin esa chakana sotuvchilar aytayotgan mahsulotlar taqchilligini ko‘rsatish uchun yoqilg‘i narxining oshishini qo‘shish va yuqorida ko‘rsatilgan inflyatsiyaga ko‘paytirish kerak.
Ehtimol, Yangi yil, bayramlar va boshqa o‘yin-kulgilar oldidan, ular, chakana sotuvchilar, qandaydir tarzda savdo marjalarini kamaytirishlari mumkin. Ammo yarim tun bo‘lishi bilanoq, Yevropa mo‘l-ko‘lchilik aravasi bo‘sh rastalarga aylanishi mumkin. Avvalgi hashamatdan urvoq ham qolmaydi.
Aslida, Makron “mo‘l-ko‘lchilikning tugashi” haqida gapirganda, xalqni shundan ogohlantirmaganmidi? Avgust oyining oxirida, albatta, ular uni eshitishni va tinglashni xohlamadilar, chunki fransuzlar, barcha yevropaliklar singari, so‘nggi ta’til kunlarining gashtini chiqarayotgandi.
Ammo oddiy fuqarolar hozirgacha ko‘tara oladigan narsa yevropalik burokratlar uchun deyarli mumkin emas.
Ular juda tez hisob-kitob qilib, tushundilarki qachondir juda to‘q bo‘lgan qit’a yeguliksiz qolishi mumkin.
Aytishlaricha, "oziq-ovqat inqirozini Rossiya tashkil qiladi" degan qichqiriqlar faqat so‘nggi evropaliklar orasidan ishonuvchan tabiatni hayratda qoldirishi mumkin.
“Oziq-ovqat inqirozini Rossiya uyushtirapti” degan hayqiriqlar faqat evropaliklar orasidagi so‘nggi ishonuvchan tabiatli insonlarni hayratda qoldirishi mumkin.
Aslida esa Yevropa nafaqat sovuq va qorong‘i, balki och qolishi mumkin bo‘lgan vaziyatga tushib qolishdan juda qo‘rqadi.
Och, albatta, Yevropa standartlari bo‘yicha. Qolaversa, inflyatsiya va narxlar oshishidan yetarlicha aziyat chekkanlar och qoladi. Aholining ijtimoiy jihatdan eng zaif qatlami och qolishi mumkin.
Yevroburokratlarni Somali yoki Yamanning ochlikdan azob chekayotgan aholisi taqdiri tashvishga solmaydi. Ular uzoqda. Ular birlashgan Yevropaga hech qanday tahdid solmaydi. Yevroburokratlar sabri va kamtarligi allaqachon chok-chokidan so‘kilayotgan o‘z vatandoshlaridan, yevropaliklardan qo‘rqishadi. Yevroburokratlar fuqarolik itoatsizligidan qo‘rqishadi.
“Bu ijtimoiy inqirozmi? Yo‘q, hurmatli rais, bu inqilob!”
Agar ilgari bunday “teshik”lar pul chiqarib, old-orqasiga qaramay nafaqalarni oshirish bilan yopilgan bo‘lsa, ikki raqamli inflyatsiya sharoitida bunday harakatlar imkonsiz.
Agar ilgari Rossiyadan gaz va neftni biroz ko‘proq yetkazishni so‘rab, chakana yoqilg‘i narxini pasaytirish imkoni bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda bu haqida gap bo‘lishi mumkin emas.
Agar ilgari xuddi shu Kanada yoki Hindistonga borib, ortiqcha don sotib olish mumkin bo‘lgan bo‘lsa, bu ham hozir ish bermaydi.
Oqibatda o‘zini grossmeyster deb hisoblagan va katta shaxmat taxtasida o‘yin o‘ynashga qaror qilganlar oxir-oqibat har bir keyingi harakati vaziyatni yomonlashtirganda, sugsvang holatiga kelib qolganini tushundi.
Albatta, vahima, va tahdidlar shuning uchun. Agar ular o‘z lavozimlari, ta’rifiga ko‘ra, davlat tafakkurining mavjudligini va o‘zlarining geosiyosiy qadamlarini sarhisob qilish qobiliyatini nazarda tutadigan odamlardan bo‘lmaganida edi, ayblovlar ham boshqacha bo‘lar edi.
Shunday qilib, bizga aytilganlarga birgina Ivan Andreyevich Krilovning iqtibosi bilan e’tiroz bildirish mumkin.
“Avval o‘zingga boq, keyin nog‘ora qoq”.