https://oz.sputniknews.uz/20221101/zangiota-qoplonbek-avtomobil-otkazish-punkti-yopilishining-aniq-sanasi-aytildi-29646644.html
“Zangiota-Qoplonbek” avtomobil o‘tkazish punkti yopilishining aniq sanasi aytildi
“Zangiota-Qoplonbek” avtomobil o‘tkazish punkti yopilishining aniq sanasi aytildi
Sputnik O‘zbekiston
Davlat bojxona qo‘mitasi o‘zbek-qozoq chegarasidagi “Navoiy (Zangiota)-Qoplonbek” punkti qachon rekonstruksiya uchun yopilishiga aniqlik kiritdi. 01.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-01T16:49+0500
2022-11-01T16:49+0500
2022-11-01T16:49+0500
jamiyat
qozog‘iston
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/01/29645201_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_38260f0cbc8fa517c14cf95c71370315.jpg
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi “Navoiy (Zangiota)-Qoplonbek” avtomobil o‘tkazish punkti 1-noyabrdan emas, balki 1-dekabrdan yopiladi. Bu haqda O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi (DBQ) ma’lum qildi.Ta’kidlanishicha, 28-oktabr kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan MDH hukumat rahbarlari kengashi doirasida O‘zbekiston va Qozog‘iston bosh vazirlari bu o‘tkazish punktini rekonstruksiya va modernizatsiya uchun 2022-yil 1-dekabrdan yopilishiga kelishishgan.1 noyabr kuni DBQ raisi Akmalxo‘ja Mavlonov u yerda bo‘lib, qurilish-bunyodkorlik ishlari loyihalari bilan yaqindan tanishgan.“Alohida ta’kidlash joizki, qurilish rekonstruksiya ishlari ikki davlat o‘tkazish punktlarida bir vaqtning o‘zida boshlanadi va yakunlanadi”, - deyilgan xabarda.Rekonstruksiyadan so‘ng "Navoiy" chegara bojxona posti zamonaviy qiyofaga keltiriladi. Postda avtotransportlar uchun yo‘laklar soni ikki barobarga ko‘payib, transport vositalarini o‘tkazuvchanligi sutkasiga 300 tadan 1000 tagacha oshadi.Chegaradan o‘tish vaqti 3 marotabagacha qisqaradi va haydovchilarga hamda yo‘lovchilarga barcha shart-sharoitlar yaratiladi.Yuk avtotransport vositalari o‘tkazuvchanlik imkoniyati yuqori bo‘lgan “Yallama-B.Konisbayev” o‘tkazish punkti orqali, yengil avtotransport vositalari va fuqarolar o‘zlari uchun qulay bo‘lgan boshqa o‘tkazish punktlari orqali harakatlanishlari mumkin.Qo‘mita boshqa o‘tkazish punktlarida tirbandliklarning oldini olishga qaratilgan kuch va vositalarni safarbar etish choralarni ko‘rgan.Eslatib o‘tamiz, bu nazorat o‘tkazish punkti prezidentning 27-apreldagi tegishli farmoni asosida modernizatsiya qilinmoqda.
qozog‘iston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/01/29645201_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_8bdec39a3d6335a78751bff430a07f52.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, qozog‘iston, o‘zbekiston
jamiyat, qozog‘iston, o‘zbekiston
“Zangiota-Qoplonbek” avtomobil o‘tkazish punkti yopilishining aniq sanasi aytildi
Davlat bojxona qo‘mitasi o‘zbek-qozoq chegarasidagi “Navoiy (Zangiota)-Qoplonbek” punkti qachon rekonstruksiya uchun yopilishiga aniqlik kiritdi.
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi “Navoiy (Zangiota)-Qoplonbek” avtomobil o‘tkazish punkti
1 noyabrdan emas, balki 1-dekabrdan yopiladi. Bu haqda O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi (DBQ)
ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, 28-oktabr kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan MDH hukumat rahbarlari kengashi doirasida O‘zbekiston va Qozog‘iston bosh vazirlari bu o‘tkazish punktini rekonstruksiya va modernizatsiya uchun 2022-yil 1-dekabrdan yopilishiga kelishishgan.
1 noyabr kuni DBQ raisi Akmalxo‘ja Mavlonov u yerda bo‘lib, qurilish-bunyodkorlik ishlari loyihalari bilan yaqindan tanishgan.
“Alohida ta’kidlash joizki, qurilish rekonstruksiya ishlari ikki davlat o‘tkazish punktlarida bir vaqtning o‘zida boshlanadi va yakunlanadi”, - deyilgan xabarda.
Rekonstruksiyadan so‘ng "Navoiy" chegara bojxona posti zamonaviy qiyofaga keltiriladi. Postda avtotransportlar uchun yo‘laklar soni ikki barobarga ko‘payib, transport vositalarini o‘tkazuvchanligi sutkasiga 300 tadan 1000 tagacha oshadi.
Chegaradan o‘tish vaqti 3 marotabagacha qisqaradi va haydovchilarga hamda yo‘lovchilarga barcha shart-sharoitlar yaratiladi.
Yuk avtotransport vositalari o‘tkazuvchanlik imkoniyati yuqori bo‘lgan “Yallama-B.Konisbayev” o‘tkazish punkti orqali, yengil avtotransport vositalari va fuqarolar o‘zlari uchun qulay bo‘lgan boshqa o‘tkazish punktlari orqali harakatlanishlari mumkin.
Qo‘mita boshqa o‘tkazish punktlarida tirbandliklarning oldini olishga qaratilgan kuch va vositalarni safarbar etish choralarni ko‘rgan.
Eslatib o‘tamiz, bu nazorat o‘tkazish punkti prezidentning 27-apreldagi tegishli farmoni asosida modernizatsiya qilinmoqda.