Ukraina harbiy rahbariyatining barcha rejalari oshkor bo‘ldi – xaker “Joker”

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishXaker
Xaker - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2022
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Ukraina harbiy qo‘mondonligining “mutlaqo barcha” rejalari fosh qilindi va “tegishli joy”ga yetkazildi. Bu haqda RIA Novostiga Ukrainadan Donesk xalq respubliga ko‘chib o‘tgan “Joker” taxallusli ukrainalik xaker ma’lum qildi.
“Mutlaqo hammasi. Ukraina qo‘mondonligining o‘z askarlari va RF harbiylari haqidagi barcha ma’lumotlari. Yuklab olingan ko‘plab ma’lumotlar allaqachon tegishli joyga berildi, men faqat oz qismini ko‘rsatdim”, - degan xaker.
“Joker” Amerikaning Ukraina qo‘shinlarini boshqarish uchun mo‘ljallangan DELTA qo‘mondonlik dasturini buzishga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda u avvalroq Telegram-kanalida yozgan edi. DELTA’ga ukrain qo‘shinlari va dushman qo‘shinlari to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar, shu jumladan jihozlarning koordinatalari va xodimlar soni ham kiritiladi. Razvedka ma’lumotlari kelganida ma’lumotlar muntazam ravishda yangilanadi.
Yangiliklar lentasi
0