Sochidagi Putin, Pashinyan va Aliyev muzokaralari: tomonlar nimalarga kelishib olishdi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishTroxstoronnie peregovori prezidenta RF, prezidenta Azerbaydjana i premyer-ministra Armenii
Troxstoronnie peregovori prezidenta RF, prezidenta Azerbaydjana i premyer-ministra Armenii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2022
Obuna bo‘lish
Sochida Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston yetakchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng qo‘shma bayonot qabul qilindi.
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Sochida Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning uch tomonlama uchrashuvi yakunlandi. Muzokaralar yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot qabul qilindi.
Davlat yetakchilari, xususan, qanday kelishuvlarga erishishdi:
Tomonlar barcha muammoli masalalarni BMT Nizomi va 1991-yildagi Olmaota deklaratsiyasiga muvofiq suverenitet va chegaralar daxlsizligini o‘zaro tan olish asosida hal qilishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildilar;
Armaniston va Ozarbayjon kuch qo‘llashdan yoki uni qo‘llash tahdididan tiyilishga kelishib oldi;
Sochida Putin, Pashinyan va Aliyev Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida tinchlik shartnomasini tuzishga faol tayyorgarlik ko‘rish muhimligini qayd etishdi;
Pashinyan va Aliyev Rossiyaning Yerevan va Boku o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga ko‘maklashishga tayyorligini olqishlashdi;
Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston yetakchilari muammoni hal etish uchun o‘zaro maqbul yo‘llarni topishga kelishib olishdi, Rossiya bunga ko‘maklashadi;
Putin, Pashinyan va Aliyev Armaniston-Ozarbayjon munosabatlarini yaxshilash uchun kelishuvlarga rioya qilishga tayyorliklarini tasdiqlashdi;
Suhbat chog‘ida Rossiya tinchlikparvar kontingentining uni joylashtirish zonasida xavfsizlikni ta’minlash va mintaqadagi vaziyatni barqarorlashtirishga qo‘shgan muhim hissasi qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, Sochidagi Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlarining uch tomonlama uchrashuvi Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni tartibga solishga qaratilgan edi. Rossiya prezidenti uch tomonlama uchrashuvdan oldin Pashinyan va Aliyev bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.
Tog‘li Qorabog‘dagi janglar 2020-yil sentabr oyi oxirida qayta boshlangan. Armaniston va Ozarbayjon sulh tuzishga bir necha bor urindi, biroq 2020-yil 10-noyabrga o‘tar kechasi erishilgan uch tomonlama kelishuv muvaffaqiyatli yakunlandi. Moskva vositachiligida Ozarbayjon va Armaniston o‘t ochishni to‘liq to‘xtatib, asirlar va o‘lganlarning jasadlarini almashishga kelishib oldi. Kelishuv doirasida Yerevan Bokuga quyidagi tumanlarni berdi: Kalbajar, Lochin, Agdam.
Yangiliklar lentasi
0