https://oz.sputniknews.uz/20221101/rossiya-zarbalari-ukrainaning-harbiy-salohiyatini-samarali-ravishda-pasaytiradi--shoygu--29647384.html
Rossiya zarbalari Ukrainaning harbiy salohiyatini samarali ravishda pasaytiradi – Shoygu
Rossiya zarbalari Ukrainaning harbiy salohiyatini samarali ravishda pasaytiradi – Shoygu
Sputnik O‘zbekiston
Shoygu: Ukraina qurolli kuchlari Zaporojye atom elektr stansiyasini, evakuatsiya punktlari va gumanitar yordam tarqatiladigan joylarni o‘qqa tutishni to‘xtatmayapti. 01.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-01T19:14+0500
2022-11-01T19:14+0500
2023-04-05T18:41+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
ukraina
sergey shoygu
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/15/28415804_0:0:3071:1728_1920x0_80_0_0_b11d06e14c23d3602c9fecc931c15d07.jpg
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning muhim infratuzilmasiga hujum qilmoqda, bu esa Ukraina Qurolli kuchlari salohiyatini kamaytirish imkonini beradi, deydi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu.Vazirning qayd etishicha, “Kiyev rejimi tinch aholini qirib tashlash va ijtimoiy obyektlarni vayron qilish bo‘yicha terrorchilik harakatlarini uyushtirishda davom etmoqda”.Uning so‘zlariga ko‘ra, dushman havo hujumlarini qaytarish jarayonida “so‘nggi o‘n kun ichida 200 dan ortiq HIMARS reaktiv snaradlari tutib olindi”.10 oktabrdan beri Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina harbiy qo‘mondonligi, aloqa va energetika tizimlari obyektlariga uzoq masofali yuqori aniqlikdagi qurollar bilan zarbalar bermoqda. Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, bu Kiyev tomonidan Qrim ko‘prigida uyushtirilgan terakt va Rossiyadagi fuqarolik obyektlariga qilingan boshqa hujumlarga javobdir.Ukraina energetika vaziri German Galushenkoning so‘zlariga ko‘ra, birgina 10 va 11-oktabrdagi raketa zarbalari natijasida mamlakat energetika infratuzilmasining 30 foizga yaqini zarar ko‘rgan.Eslatib o‘tamiz, Rossiya 24-fevraldan buyon denatsifikatsiya va demilitarizatsiya maqsadida Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida xo‘rlashlar, genotsidlarga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/15/28415804_267:0:2998:2048_1920x0_80_0_0_013ff73a77c726ebe486e7105b9ddca8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina, sergey shoygu, rossiya
ukraina, sergey shoygu, rossiya
Rossiya zarbalari Ukrainaning harbiy salohiyatini samarali ravishda pasaytiradi – Shoygu
19:14 01.11.2022 (yangilandi: 18:41 05.04.2023) Shoygu: Ukraina qurolli kuchlari Zaporojye atom elektr stansiyasini, evakuatsiya punktlari va gumanitar yordam tarqatiladigan joylarni o‘qqa tutishni to‘xtatmayapti.
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning muhim infratuzilmasiga hujum qilmoqda, bu esa Ukraina Qurolli kuchlari salohiyatini kamaytirish imkonini beradi,
deydi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu.
“Shu bilan birga, Ukraina fuqarolari o‘limining oldini olish bo‘yicha to‘liq chora-tadbirlar ko‘rilmoqda”, dedi u.
Vazirning qayd etishicha, “Kiyev rejimi tinch aholini qirib tashlash va ijtimoiy obyektlarni vayron qilish bo‘yicha terrorchilik harakatlarini uyushtirishda davom etmoqda”.
“Ukraina qurolli kuchlari Zaporojye atom elektr stansiyasini, evakuatsiya punktlari va gumanitar yordam tarqatiladigan joylarni o‘qqa tutishni to‘xtatmayapti”, dedi mudofaa vaziri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, dushman havo hujumlarini qaytarish jarayonida “so‘nggi o‘n kun ichida 200 dan ortiq HIMARS reaktiv snaradlari tutib olindi”.
10 oktabrdan beri Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina harbiy qo‘mondonligi, aloqa va energetika tizimlari obyektlariga uzoq masofali yuqori aniqlikdagi qurollar bilan zarbalar bermoqda. Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, bu Kiyev tomonidan Qrim ko‘prigida uyushtirilgan terakt va Rossiyadagi fuqarolik obyektlariga qilingan boshqa hujumlarga javobdir.
Ukraina energetika vaziri German Galushenkoning so‘zlariga ko‘ra, birgina 10 va 11-oktabrdagi raketa zarbalari natijasida mamlakat energetika infratuzilmasining 30 foizga yaqini zarar ko‘rgan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 24-fevraldan buyon denatsifikatsiya va demilitarizatsiya maqsadida Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida xo‘rlashlar, genotsidlarga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.