https://oz.sputniknews.uz/20221101/rossiya-va-eron-eoii-bilan-erkin-savdo-togrisida-bitim-imzolaydi-29648569.html
Rossiya va Eron YeOII bilan erkin savdo to‘g‘risida bitim imzolaydi
Rossiya va Eron YeOII bilan erkin savdo to‘g‘risida bitim imzolaydi
Sputnik O‘zbekiston
Yaqin kelajakda Eron va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi o‘rtasida erkin savdo hududi to‘g‘risida bitim tuzilishi kutilmoqda. 01.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-01T20:25+0500
2022-11-01T20:25+0500
2023-04-05T18:41+0500
iqtisod
eron
yeoii
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/12/28335603_0:144:3128:1904_1920x0_80_0_0_305379a4115b39f3ba20ee2917eb313d.jpg
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Rossiya va Eron yaqin vaqt ichida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan erkin savdo hududi to‘g‘risidagi bitimni imzolashga kelishib oldi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak ma’lum qildi. “Shuningdek, biz mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-sotiqni rivojlantirish yo‘lida mavjud bo‘lgan barcha to‘siqlarni olib tashlashga kelishib oldik. Bu o‘rinda gap uchinchi davlatlar chegaralaridagi to‘siqlarni kamaytirish haqida ham ketmoqda. Yaqin kelajakda Eron va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi o‘rtasida erkin savdo hududi to‘g‘risida bitim tuzishga kelishib oldik”, - dedi Novak savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishi yakunida o‘tkazilgan matbuot anjumanida. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.Avvalroq YeOII va Indoneziya erkin savdo zonasini yaratish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqchi ekani xabar qilingan edi.O‘zbekiston 2020-yil dekabr oyida YeOIIda kuzatuvchi davlat maqomini olgan edi. Ittifoq 2014-yilda Rossiya, Belarus va Qozog‘iston o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Bu ittifoqqa 2015-yilda Armaniston va Qirg‘iziston a’zo bo‘lgan, Moldova va Kuba kuzatuvchi maqomiga ega. YeOIIning maqsadi — a’zo davlatlar aholisining turmush darajasini yuksaltirish borasida barqaror rivojlanish uchun sharoitlar yaratish, tovarlar, xizmatlar, kapital va ish resurslarining yagona bozorini shakllantirishga harakat qilish, global iqtisodiyot sharoitida milliy iqtisodiyotlarning raqobatbardoshligini oshirish, har tomonlama modernizatsiyalash va o‘zaro kooperatsiyani rivojlantirishdan iborat.
eron
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/12/28335603_215:0:2944:2047_1920x0_80_0_0_611dd4ad655b0a507aba1fed19dbdec1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, eron, yeoii, rossiya
iqtisod, eron, yeoii, rossiya
Rossiya va Eron YeOII bilan erkin savdo to‘g‘risida bitim imzolaydi
20:25 01.11.2022 (yangilandi: 18:41 05.04.2023) Yaqin kelajakda Eron va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi o‘rtasida erkin savdo hududi to‘g‘risida bitim tuzilishi kutilmoqda.
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Rossiya va Eron yaqin vaqt ichida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan erkin savdo hududi to‘g‘risidagi bitimni imzolashga kelishib oldi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak ma’lum qildi.
“Shuningdek, biz mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-sotiqni rivojlantirish yo‘lida mavjud bo‘lgan barcha to‘siqlarni olib tashlashga kelishib oldik. Bu o‘rinda gap uchinchi davlatlar chegaralaridagi to‘siqlarni kamaytirish haqida ham ketmoqda. Yaqin kelajakda Eron va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi o‘rtasida erkin savdo hududi to‘g‘risida bitim tuzishga kelishib oldik”, - dedi Novak savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishi yakunida o‘tkazilgan matbuot anjumanida. Uning so‘zlaridan RIA Novosti
iqtibos keltirgan.Avvalroq YeOII va Indoneziya erkin savdo zonasini yaratish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqchi ekani
xabar qilingan edi.O‘zbekiston 2020-yil dekabr oyida YeOIIda kuzatuvchi davlat maqomini olgan edi. Ittifoq 2014-yilda Rossiya, Belarus va Qozog‘iston o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Bu ittifoqqa 2015-yilda Armaniston va Qirg‘iziston a’zo bo‘lgan, Moldova va Kuba kuzatuvchi maqomiga ega.
YeOIIning maqsadi — a’zo davlatlar aholisining turmush darajasini yuksaltirish borasida barqaror rivojlanish uchun sharoitlar yaratish, tovarlar, xizmatlar, kapital va ish resurslarining yagona bozorini shakllantirishga harakat qilish, global iqtisodiyot sharoitida milliy iqtisodiyotlarning raqobatbardoshligini oshirish, har tomonlama modernizatsiyalash va o‘zaro kooperatsiyani rivojlantirishdan iborat.