https://oz.sputniknews.uz/20221101/ozbekiston-va-qozogiston-ozaro-sayyohlar-oqimini-kopaytirish-borasida-hamkorlik-qiladi-29651591.html
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zaro sayyohlar oqimini ko‘paytirish borasida hamkorlik qiladi
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zaro sayyohlar oqimini ko‘paytirish borasida hamkorlik qiladi
Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston tomoni O‘zbekistonda turizm sohasining rivojlanish sur’atlariga yuqori baho bergan. 01.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-01T21:46+0500
2022-11-01T21:46+0500
2022-11-01T21:46+0500
turizm
qozog‘iston
o‘zbekiston
turizm
sayyohlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/01/29650752_0:92:1280:812_1920x0_80_0_0_26bdd6c27918c6fa1c96d0f099a6b28f.jpg
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Qozog‘iston O‘zbekistonning turizm sohasi rivojlantirish tajribasini o‘rganishga qiziqish bildirmoqda. Mamlakatlar o‘zaro sayyohlar oqimini oshirish va tajriba almashish borasida hamkorlik qilishadi. Bu haqda Toshkent shahri hokimligi xabar berdi.Poytaxt Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sanjar Tojiyev boshchiligidagi mas’ullar Qozog‘istonning Turkiston viloyati delegatsiyasi bilan uchrashgan.Uchrashuvda Turkiston viloyati Turizm boshqarmasi rahbari Gulmira Axberdiyeva O‘zbekistonda turizm sohasining rivojlanish sur’atlariga yuqori baho bergan va ushbu yo‘nalishdagi tajribani o‘rganishga qiziqish bildirgan.Axberdiyeva o‘zaro sayyohlar oqimini oshirish va tajriba almashish borasida kelgusida hamkorlik qilishga umid bildirgan.Sanjar Tojiyev esa prezidentning bevosita tashabbusi va qo‘llab-quvvatlashi natijasida mamlakatda turizmni milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, hududlarni jadal rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholining daromadlari va turmush darajasini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganini qayd etdi.U qozog‘istonlik mehmonlarning tashabbus va takliflarini qo‘llab-quvvatlab, Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi ularga har tomonlama ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.Uchrashuv yakunida tomonlar mintaqalararo hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va tizimli rivojlantirishga kelishib olishdi.Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida 3,6 mln chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga kelgan. Qozog‘iston mamlakatga kelayotgan sayyohlar bo‘yicha birinchi o‘rinda (1 milliondan ziyod kishi). Keyingi o‘rinlarda Qirg‘iziston (952,1 ming kishi), Tojikiston (950,3 ming kishi) va Rossiya (395,1 ming kishi).
qozog‘iston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/01/29650752_38:0:1243:904_1920x0_80_0_0_d496c69f1e000e10dfddef591e7d5ca0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turizm, qozog‘iston, o‘zbekiston, turizm, sayyohlar
turizm, qozog‘iston, o‘zbekiston, turizm, sayyohlar
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zaro sayyohlar oqimini ko‘paytirish borasida hamkorlik qiladi
Qozog‘iston tomoni O‘zbekistonda turizm sohasining rivojlanish sur’atlariga yuqori baho bergan.
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Qozog‘iston O‘zbekistonning turizm sohasi rivojlantirish tajribasini o‘rganishga qiziqish bildirmoqda. Mamlakatlar o‘zaro sayyohlar oqimini oshirish va tajriba almashish borasida hamkorlik qilishadi. Bu haqda Toshkent shahri hokimligi
xabar berdi. Poytaxt Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sanjar Tojiyev boshchiligidagi mas’ullar Qozog‘istonning Turkiston viloyati delegatsiyasi bilan uchrashgan.
Uchrashuvda Turkiston viloyati Turizm boshqarmasi rahbari Gulmira Axberdiyeva O‘zbekistonda turizm sohasining rivojlanish sur’atlariga yuqori baho bergan va ushbu yo‘nalishdagi tajribani o‘rganishga qiziqish bildirgan.
Axberdiyeva o‘zaro sayyohlar oqimini oshirish va tajriba almashish borasida kelgusida hamkorlik qilishga umid bildirgan.
Sanjar Tojiyev esa prezidentning bevosita tashabbusi va qo‘llab-quvvatlashi natijasida mamlakatda turizmni milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, hududlarni jadal rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholining daromadlari va turmush darajasini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganini qayd etdi.
U qozog‘istonlik mehmonlarning tashabbus va takliflarini qo‘llab-quvvatlab, Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi ularga har tomonlama ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar mintaqalararo hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va tizimli rivojlantirishga kelishib olishdi.
Davlat statistika qo‘mitasi
ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida 3,6 mln chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga kelgan. Qozog‘iston mamlakatga kelayotgan sayyohlar bo‘yicha birinchi o‘rinda (1 milliondan ziyod kishi). Keyingi o‘rinlarda Qirg‘iziston (952,1 ming kishi), Tojikiston (950,3 ming kishi) va Rossiya (395,1 ming kishi).