G‘arbning qo‘lidan Rossiyani yakkalash kelmadi – Mishustin

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Mediabankka o‘tishPredsedatel pravitelstva RF Mixail Mishustin. Arxivnoe foto
Predsedatel pravitelstva RF Mixail Mishustin. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya bosh vazirining ta’kidlashicha, G‘arb urinishlari xalqaro munosabatlar tizimi qaytadan tuzish jarayonini tezlashtirgan xolos.
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. G‘arbning Rossiyani yakkalashga qaratilgan urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi, bu urinishlar xalqaro munosabatlar tizimi qaytadan tuzish jarayonini tezlashtirdi xolos. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin ma’lum qildi.

“Rossiyani yakkalashga qaratilgan urinishlar muvaffaqiyatsizlikka yuz tutdi. Aksincha, ular butun xalqaro munosabatlar tizimi qaytadan tuzish jarayonini tezlashtirdi xolos”, - dedi Mishustin “Iqtisodiy hamkorlik: vatandoshlar va Rossiya mintaqalari. Zamon chaqiriqlariga javob berayotib” Butunjahon anjumani ishtirokchilariga yo‘llagan videomurojaatida.

Rossiya hukumati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hozir ilgari manfaatlari e’tiborga olinmagan davlatlar va hududlarning roli sezilarli kuchayadi.
“Biz Osiyo, Yaqin Sharq, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlari bilan sermahsul hamkorligimizni mustahkamlashda davom etamiz. Shubhasiz, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hududidagi hamkorlikka asosiy e’tibor qaratiladi”, - dedi Mishustin.
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v zasedanii Mejdunarodnogo diskussionnogo kluba Valday - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2022
Biz eng xavfli o‘n yillik arafasida turibmiz - Putin yangi dunyo haqida
Yangiliklar lentasi
0