https://oz.sputniknews.uz/20221101/davlat-korxonalari-kuzatuv-kengashlarining-vakolatlari-belgilanmoqda-29639708.html
Davlat korxonalari kuzatuv kengashlarining vakolatlari belgilanmoqda
Davlat korxonalari kuzatuv kengashlarining vakolatlari belgilanmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Qayd etilishicha, davlat korxonasining kuzatuv kengashi a’zolari soni ustav bilan belgilanadi, biroq 3 nafardan kam bo‘lmasligi lozim. 01.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-01T14:58+0500
2022-11-01T14:58+0500
2022-11-01T14:58+0500
jamiyat
o‘zbekiston
korxona
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/15/27336410_0:156:3001:1844_1920x0_80_0_0_06f6518a79714e1d5dd82533758d6def.jpg
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Hukumat qarorlari davlat korxonasini boshqarish hamda davlat korxonasi kuzatuv kengashlari huquq va majburiyatlarini belgilashga oid normalar bilan to‘ldirilmoqda. Bu haqda “Norma” axborot-huquqiy portali yozmoqda.Vazirlar Mahkamasining 26-oktabrdagi “2021-2025 yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.Ma’lumot uchun: davlat korxonasi — davlat mulkidagi, o‘ziga tezkorlik bilan boshqarish uchun berilgan mulk negizida tashkil etilgan davlat unitar korxonasi shaklidagi tijorat tashkilotidir. U o‘ziga birkitilgan mulkdan qonunda belgilangan doirada, o‘z faoliyati maqsadlariga, mulkdorning (yoki uning topshirig‘iga ko‘ra u vakolat bergan davlat organi — muassisning) topshiriqlariga hamda egalik qilish huquqiga asosan, maqsadga muvofiq tarzda mulkdan foydalanishni va uni tasarruf etishni amalga oshiradi.Qo‘shimchalarga ko‘ra:Shuningdek davlat korxonasi kuzatuv kengashining quyidagi vakolatlari tasdiqlanmoqda:- davlat korxonasining rahbarini tayinlash va lavozimdan ozod etish haqida takliflarni muassisga kiritish;- davlat korxonasi rahbari nomzodiga malaka talablarini (ma’lumot, tijorat, moliya va sohaviy sohada ish tajribasi va h.k.) belgilash;- davlat korxonasi rahbarining o‘rinbosarlarini tayinlash va lavozimdan ozod etish;- ichki audit xizmati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash, ichki audit xizmati xodimlarini tayinlash va lavozimdan ozod etish;- davlat korxonasi rahbarining, tarkibiy tuzilmalarning, shuningdek filiallarning hisobotlarini tinglash va h.k.Hujjat Qonun hujjatlar milliy bazasida e’lon qilingan va 27.10.2022 yildan kuchga kirdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/15/27336410_799:294:2949:1907_1920x0_80_0_0_19478ffea99ad20045cb70923dd8f163.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, korxona
jamiyat, o‘zbekiston, korxona
Davlat korxonalari kuzatuv kengashlarining vakolatlari belgilanmoqda
Qayd etilishicha, davlat korxonasining kuzatuv kengashi a’zolari soni ustav bilan belgilanadi, biroq 3 nafardan kam bo‘lmasligi lozim.
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Hukumat qarorlari davlat korxonasini boshqarish hamda davlat korxonasi kuzatuv kengashlari huquq va majburiyatlarini belgilashga oid normalar bilan to‘ldirilmoqda. Bu haqda “Norma” axborot-huquqiy portali
yozmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 26-oktabrdagi “2021-2025 yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.
Ma’lumot uchun: davlat korxonasi — davlat mulkidagi, o‘ziga tezkorlik bilan boshqarish uchun berilgan mulk negizida tashkil etilgan davlat unitar korxonasi shaklidagi tijorat tashkilotidir. U o‘ziga birkitilgan mulkdan qonunda belgilangan doirada, o‘z faoliyati maqsadlariga, mulkdorning (yoki uning topshirig‘iga ko‘ra u vakolat bergan davlat organi — muassisning) topshiriqlariga hamda egalik qilish huquqiga asosan, maqsadga muvofiq tarzda mulkdan foydalanishni va uni tasarruf etishni amalga oshiradi.
muassis, kuzatuv kengashi va ijroiya organ (rahbar) davlat korxonasining boshqaruv organi hisoblanadi;
kuzatuv kengashi davlat korxonasiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
davlat korxonasining kuzatuv kengashi a’zolari soni ustav bilan belgilanadi, biroq 3 nafardan kam bo‘lmasligi lozim;
kuzatuv kengashi a’zolarining umumiy soni toq son bo‘lishi lozim;
kuzatuv kengashi muassis tomonidan 3-yil muddatga tayinlanadi.
Shuningdek davlat korxonasi kuzatuv kengashining quyidagi vakolatlari tasdiqlanmoqda:
- davlat korxonasining rahbarini tayinlash va lavozimdan ozod etish haqida takliflarni muassisga kiritish;
- davlat korxonasi rahbari nomzodiga malaka talablarini (ma’lumot, tijorat, moliya va sohaviy sohada ish tajribasi va h.k.) belgilash;
- davlat korxonasi rahbarining o‘rinbosarlarini tayinlash va lavozimdan ozod etish;
- ichki audit xizmati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash, ichki audit xizmati xodimlarini tayinlash va lavozimdan ozod etish;
- davlat korxonasi rahbarining, tarkibiy tuzilmalarning, shuningdek filiallarning hisobotlarini tinglash va h.k.
Hujjat Qonun hujjatlar milliy bazasida e’lon qilingan va 27.10.2022 yildan kuchga kirdi.