“Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritilmoqda

© AFP / TEMUR ISMAILOVUzbeko-afganskaya granitsa v rayone Termeza
Uzbeko-afganskaya granitsa v rayone Termeza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2022
Obuna bo‘lish
Deputatlar “Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini qabul qilishdi.
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqilib, qabul qilindi.
Qonun loyihasida mamlakat davlat chegarasini o‘rnatish va belgilash tartibi, “Davlat chegarasi rejimi”, “O‘tkazish punktlaridagi rejim” va “Davlat chegarasi rejimini buzish” tushunchalari bo‘yicha qo‘shimchalar kiritish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, shaxslar va transport vositalarini kirish, chiqish, tovarlarni boshqa mol-mulk va hayvonlarni o‘tkazish punktlariga (punktlaridan) olib kirish, olib chiqish tartibi, yo‘lovchilarni xalqaro tashishini amalga oshiruvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari belgilanmoqda. Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishda ishtirok etuvchi harbiy xizmatchilarni ijtimoiy-huquqiy himoyasining asosiy yo‘nalishlari aks ettirildi.
Shu bilan birga, xalqaro tajribadan kelib chiqib, fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishdagi ishtiroki alohida bob sifatida kiritildi.
Deputatlarning ta’kidlashicha, qonun loyihasi huquqni qo‘llash amaliyotida paydo bo‘layotgan tushunmovchiliklarni bartaraf etishga xizmat qiladi. Mamlakat hududidagi chegara rejimida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va majburiyatlarini qonun bilan mustahkamlaydi.
Yangiliklar lentasi
0