Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

UQK ZAESni egallab olishga desantlarini o‘rgatapti – Zaporojye hukumati

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishGlavnoe administrativnoe zdanie Zaporojskoy atomnoy elektrostansii.
Glavnoe administrativnoe zdanie Zaporojskoy atomnoy elektrostansii.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2022
Obuna bo‘lish
Zaporojyega qo‘shimcha 200 kishi yetib keldi, deya qayd etdi Rogov.
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Ukraina diversantlari va maxsus kuchlari Zaporojye shahri yaqinida Zaporojye atom elektr stansiyasini egallab olish uchun mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda. Bu haqda Zaporojye viloyati ma’muriyati bosh kengashi a’zosi Vladimir Rogov ma’lum qildi.
“Zaporojyega (shaharga) qo‘shimcha 200 kishi yetib keldi, aniqrog‘i 230 ga yaqin. Ilgari u yerda 450 ga yaqin kishilik birinchi katta guruh bor edi. Ushbu guruh doimiy ravishda Zvezda deb ataladigan joyda mashg‘ulotlar olib boradi. Bu yerda o‘z maqsadi bo‘yicha foydalanilmayotgan bo‘sh neft ombori mavjud bo‘lib, u Dnepr qirg‘og‘ida joylashgan va ular texnogen kelib chiqishi bo‘lgan yirik obyektni qo‘lga olish uchun doimiy mashg‘ulotlar olib borishmoqda”, dedi Rogov.
Ma’lumot uchun, Ukraina qo‘shinlari Zaporojye atom elektr stansiyasini egallab olish uchun Energodar yaqinidagi katerlarga bir necha bor qo‘nishga urindi, biroq ular hujumlari qaytarildi.
Yangiliklar lentasi
0