Toshkentdagi xalqaro kitob festivalida qator hamkorlik kelishuvlari imzolanishi kutilmoqda

© AIMK UzbekistanaMejdunarodnaya knijnaya vistavka-yarmarka
Mejdunarodnaya knijnaya vistavka-yarmarka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2022
Obuna bo‘lish
Tadbir doirasidan rossiyalik taniqli jurnalist va yozuvchlar bilan ijodiy uchrashuvlar ham o‘rin olgan.
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. 2-4 noyabr kunlari "O‘zekspomarkaz" majmuasida “Tashkent book fest” III Toshkent xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.
Unda nashriyotlar tomonidan chop etilgan yangi mahsulotlar, mualliflik va tarjimonlik ishlari taqdim etiladi, bezakchi-rassomlar, adabiyot va san’at namoyondalari bilan mahorat darslari va ijodiy uchrashuvlar tashkil etiladi.
“Yarmarka bu yil uchinchi marta keng ko‘lamda o‘tkazilmoqda. O‘tgan yili pandemiya sharoitiga to‘g‘ri kelib qolganligi uchun onlayn rejimda bo‘lgandi. Tadbirlarda 20 tadan ortiq xalqaro memorandumlar imzolanishi, hamkorlik bo‘yicha kelishuvlar amalga oshirilishi kutilmoqda”, - dedi mutaxassis Muhriddin Omonov Sputnik muxbiri bilan suhbatda.
Xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasida Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus, Tojikiston, Misr, Hindiston, Buyuk Britaniya davlatlaridan 40 dan ortiq nashriyotlar, kitob savdosi va noshirlik bilan shug‘ullanuvchi markazlar ishtirok etadi.
Ko‘rgazma doirasida Rossiya nashriyot uyi, Rossiya ning raqamli rivojlanish, telekommunikatsiyalar va ommaviy kommunikatsiyalar vazirligi ko‘magida “Slavan davlati” (“Slavanskoe gosudarstvo”) nashriyot va kitob savdosi o‘z mahsulotlarini Rossiya milliy ko‘zrgazma stendida va tadbirlar dasturida namoyish etadi.
Milliy ko‘rgazmada faol nashriyotlarning davra suhbatlari va taqdimotlari o‘tkaziladi, ko‘rgazma mehmonlari Rossiya kitob nashriyotlarining yangiliklari bilan ham yaqindan tanishishlari mumkin.
Dasturdan, rossiyalik taniqli jurnalist va yozuvchi Shamil Idiatullin, prozaik yozuvchi Aleksandr Snegirev, bolalar va kattalar yozuvchisi Marina Moskvina bilan ijodiy uchrashuvlar ham o‘rin olgan.
Tadbirda butun dunyodagi tinchlikni saqlashga oid asarlar bo‘yicha “Tashbookfest-2022” kitoblar tanlovi o‘tkaziladi. Tashkiliy qo‘mita tomonidan “Noshirlik sohasida erishgan yuksak natijalari uchun” nominatsiyasi bo‘yicha bosh sovrin – Gran pri mukofoti ta’sis etiladi. Barcha tanlov g‘oliblari xalqaro ko‘rgazma-yarmarkaning yopilish marosimida 4-noyabr kuni tantali ravishda taqdirlanadi.
Yangiliklar lentasi
0