Tibbiyot xodimi faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSemeynaya poliklinika №22 Uchtepinskogo rayona
Semeynaya poliklinika №22 Uchtepinskogo rayona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2022
Obuna bo‘lish
Sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari faoliyatiga to‘sqinlik qilgan va ta’sir o‘tkazgan kimsalarga nisbatan qonunchilikda qat’iy javobgarlik belgilanmoqda.
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Deputatlar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimchalar kiritishga oid qonun loyihasini ko‘rib chiqishmoqda. Bu haqida deputat Rasul Kusherbayev o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yangi 197-7-moddasi kiritilmoqda. Mazkur modda bilan, tibbiyot xodimi faoliyatiga to‘sqinlik qilganlarni jarimaga tortish yoki ma’muriy qamoqqa olish belgilanmoqda.
Tibbiyot xodimi faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki qonunga xilof ravishda ta’sir o‘tkazish quyidagi javobgarlikka sabab bo‘ladi:
fuqarolarga BHMning besh baravaridan (1,5 mln so‘m) yetti baravarigacha (2,1 mln so‘m), mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan (2,1 mln so‘m) o‘n baravarigacha (3 mln so‘m) miqdorda jarima solish;
15 muddatga ma’muriy qamoqqa olish.
Ushbu huquqbuzarliklarni jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 3 kunlik muddatda ko‘rib chiqish taklif qilinmoqda.

Qayd etilishicha, bu borada xorijiy mamlakatlar qonunchiligi ham o‘rganilgan. Rossiya va Qozog‘istonning MJtKda tibbiyot xodimi faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik uchun alohida javobgarlik nazarda tutilgan.

Qonun loyihasi tashabbus huquqi asosida Bosh prokuror tomonidan kiritilgan.

“Shaxsan men ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlayman va bu tibbiyot xodimlarga nisbatan tajovuzlarni bartaraf etishda katta profilaktik ahamiyatga ega bo‘ladi, deb hisoblayman”, - deydi deputat.

Ma’lumot uchun, 2019-2022 yillar davomida O‘zbekistonda 290 ga yaqin holatda tibbiyot xodimlariga nisbatan turli shakldagi tajovuzlar qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev aholining sog‘ligini himoya qilishda o‘zini ayamay jon kuydirayotgan tizim xodimlariga tajovuz qilgan kimsalarga nisbatan qonunchilikda qat’iy javobgarlik belgilanishi ustida ishlanayotgani haqida ma’lum qilgandi.
Uning aytishicha, qonunchilikka kiritilayotgan bu o‘zgarishlar soha vakillarining huquq va manfaatlarini himoya qilishda muhim asos bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0