Tennis: Denis Istomin Italiyadagi turnirda bosh sovrinni qo‘lga kiritdi

© Natsionalniy Olimpiyskiy Komitet Denis Istomin
Denis Istomin  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2022
Obuna bo‘lish
Turnirning juftlik bahslarida Denis Istomin rossiyalik Yevgeniy Karlovskiy bilan hamkorlikda muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Italiyaning Bolsano provinsiyasi Ortizei shaharchasida o‘tkazilgan tennis bo‘yicha “Chellenjer” turkumiga kiruvchi turnirda Denis Istomin va rossiyalik Yevgeniy Karlovskiy hamkorlikda raqiblarini mag‘lub etdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Turnirning juftlik bahslarida Denis Istomin rossiyalik Yevgeniy Karlovskiy bilan hamkorlikda muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Istomin va Karlovskiy juftligi 1 soatu 11 daqiqa davom etgan final uchrashuvida ispaniyalik Serxio Martos Gornes hamda italiyalik Marko Bortolotti tandemini 6/3, 7/5 hisobida mag‘lub etdi.
Shu tariqa, Denis Istomin Ortizei Challenger turniri bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Yangiliklar lentasi
0