Rossiyalik olimlar muzloqlar erishi zararini kamaytirish yo‘lini taklif qilishdi
13:39 31.10.2022 (yangilandi: 18:41 05.04.2023)
© Sputnik / Aleksandr KovalevVid na Severniy Ledovitiy okean s arxipelaga Shpisbergen.
© Sputnik / Aleksandr Kovalev
Obuna bo‘lish
Olimlarning prognozlariga ko‘ra, agar taklif qilingan rejaga amal qilinsa, 2050-yilgacha bo‘lgan davrda taxminan besh-yetti trillion rubl tejaladi.
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Rossiyalik olimlar abadiy muzloqlarning erishi natijasida yuzaga keladigan zararni kamaytirish yo‘lini taklif qilishdi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.
Tumen davlat universiteti va Moskva davlat universiteti olimlarining fikriga ko‘ra, agar qurilish maydonlaridagi kuzatuvlar tabiiy hududlar bilan bir qatorda geokriologik monitoring tizimiga kiritilsa, Rossiya shimolidagi infratuzilma obyektlarini abadiy muzloqlarning erishi paytida yo‘q qilishdan himoya qilish mumkin.
Abadiy muzloq yoki ko‘p yillik muzloq yer yuzasidan ma’lum chuqurda joylashgan va uzoq vaqt muttasil muzlab yotadigan (harorati 0 darajadan past bo‘lgan) tog‘ jinslaridir. Tumen davlat universiteti ma’lum qilishicha, bu qatlamda muzlar juda ko‘p va ular ming yillardan beri mavjud.
Olimlarning prognozlariga ko‘ra, yaqin o‘n yilliklarda abadiy muzning erishi kuchayadi, bu butun sayyora, xususan, Rossiya tabiatiga ta’sir qiladi.
Abadiy muzloqlar mamlakat hududining qariyb 65 foizini (Shimoliy va Sibir) egallaydi. Rossiya Federatsiyasining sanoat va fuqarolik infratuzilmasining muhim qismi esa shimolda joylashgan.
Shu bois yer muzlari ko‘p bo‘lgan hududlar uchun xavfsizlik choralarini ishlab chiqish nihoyatda muhim, deydi olimlar.
Universitet olimlari haroratning o‘zgarishi, tuproqning erishi va cho‘kishidan zarar ko‘rish prognozlarini ishlab chiqish uchun infratuzilma obyektlarini abadiy muzloq monitoringi tizimiga kiritishni taklif qilmoqda.
“Hozir tizim tabiiy hududlar uchun qo‘llanilmoqda, ammo abadiy muzloqlarni o‘rganishning amaliy maqsadi uning erishidan xalq xo‘jaligiga yetkazadigan zararni minimallashtirishdir. Shuning uchun tabiatda va odamlar yashaydigan hududlarda harorat o‘zgarishi va abadiy muzlik holatining boshqa xususiyatlarini solishtirish kerak”, - deyiladi xabarda.
Tabiiy hududlar va texnogen ta’sirga uchragan hududlar bo‘yicha kuzatuv ma’lumotlariga ega bo‘lgan holda, har tomonlama tahlil qilish mumkin. Uning asosida kelajakda infratuzilma obyektlari xavfsizligini ta’minlash uchun prognozlar qilish va texnik yechimlarni ishlab chiqish mumkin bo‘ladi.
Ekspertlarning fikricha, mazkur ishlarni amalga oshirishning zaruriy sharti - abadiy muzlik holatini tahlil qilish va prognozlash bo‘yicha yagona markazni tashkil etishdir.
Agar tadqiqotchilar ma’lum hududlarda abadiy muzloq harakatining qonuniyatlarini o‘rgansalar, ular binolar va muhandislik inshootlariga etkazilgan zarar miqdorini aniqlashlari mumkin bo‘ladi.
“Agar hududlarda profilaktika choralarini ishlab chiqish uchun ijtimoiy tashkilotlar paydo bo‘lsa, bu infratuzilmaning salmoqli qismini tejash imkonini beradi. Masalan, issiqlik stabilizatorlaridan foydalanish mumkin, ular binolarning poydevoriga o‘rnatiladi va haroratning ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaydi", - deya qo‘shimcha qildi akademik Vladimir Melnikov.
Uning aytishicha, abadiy muzloq haroratini tartibga solish uchun ba’zi hollarda yer osti ventilyatsiya tizimlari va tuproqni to‘ldirish yer usti suvlari oqimi foydali bo‘lishi mumkin.
Tadqiqotchilar Rossiyaning Arktika zonasidagi obyektlar uchun xavf biroz kamroq ekanligiga e’tibor qaratishdi. Eng zaif hudud esa G‘arbiy Sibirning janubiy qismi, shuningdek, Baykalortio‘lkasi yoki Yoqutiston bo‘ladi.
Olimlarning prognozlariga ko‘ra, agar taklif qilingan rejaga amal qilinsa, 2050-yilgacha bo‘lgan davrda taxminan besh-yetti trillion rubl tejaladi.
Tadqiqotchilarning aniqlik kiritishicha, gap nafaqat neft va gaz ishlab chiqaruvchi korxonalar haqida ketmoqda, balki elektr stansiyalari, temir yo‘llar, quvur va elektr uzatish liniyalari, turar-joy binolari barqarorligini ta’minlash ham nazarda tutilgan.