Rossiyalik nashriyotchilar Toshkentdagi xalqaro kitob ko‘rgazmada ishtirok etadi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishKnigi
Knigi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2022
Obuna bo‘lish
Kitob ko‘rgazma-yarmarkasida kitobsevarlar, noshir va matbaachilar uchun nimalar hozirlab qo‘yilgani haqida materialimizda o‘qing.
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Toshkentda 2-4 noyabr kunlari “Tashkent Book Fest” III xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.
Sputnik muxbiri ma’lum qilishicha, unda barcha kitobsevarlar, noshir va matbaachilar mahalliy, xorijiy va Rossiya kitob nashriyotlarining yangiliklari bilan ham tanishishlari mumkin bo‘ladi.
“O‘zekspomarkaz” majmuasida bo‘lib o‘tadigan tadbir “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkaziladi.
Kitobsevarlar nashriyotlar tomonidan chop etilgan yangi mahsulotlar, mualliflik va tarjimonlik ishlari bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi.
Ko‘rgazma-yarmarkada Rossiya kitoblar uyushmasi,"NovaPrint" Burat nashriyoti, “Beliy Gorod” savdo uyi, "Russkoe slovo" nashriyot uyi, “Uchitel” nashriyot-matbaa ijodiy uyi ham ishtirok etadi.
Ko‘rgazma-yarmarkada bezakchi-rassomlar, mahalliy va xorijiy adabiyot va san’at namoyondalari bilan mahorat darslari va ijodiy uchrashuvlar tashkil etiladi.
Tadbirda butun dunyodagi tinchlikni saqlashga oid asarlar bo‘yicha “Tashbookfest-2022” kitoblar tanlovi ham o‘tkaziladi.
Tashkiliy qo‘mita tomonidan “Noshirlik sohasida erishgan yuksak natijalari uchun” nominatsiyasi bo‘yicha bosh sovrin – Gran pri mukofoti ta’sis etiladi. Barcha tanlov g‘oliblari xalqaro ko‘rgazma-yarmarkaning yopilish marosimida 4-noyabr kuni tantali ravishda taqdirlanadi.
Yangiliklar lentasi
0