Rossiyada qisman safarbarlikka oid barcha tadbirlar yakunlandi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishPodgotovka mobilizovannix pered otpravkoy v voyska
Podgotovka mobilizovannix pered otpravkoy v voyska - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2022
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Rossiyada qisman safarbarlik doirasidagi barcha tadbirlar hamda chaqiruv qog‘ozini berish to‘xtatildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
“Harbiy komissiariatlar tomonidan Rossiya Fedaratsiyasi subyektlari ijro etuvchi hukumat organlari bilan birgalikda harbiy xizmatga chaqirishga bog‘liq barcha tadbirlar to‘xtatildi. Tayyorgarlik ko‘rish va chaqiruv qozog‘ini topshirish to‘xtatiladi”, - deyiladi xabarda.
Xabarda safarbarlik doirasidagi barcha tadbirlar yakunlangani, tegishli hisobotlar 1-noyabrgacha taqdim etilishi kerakligi qo‘shimcha qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin 21-sentabr kuni Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qilgan edi. Davlat rahbari murojaatnomasida mazkur targ‘ibot doirasida faqat zaxiradagi fuqarolar, birinchi navbatda, Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, muayan harbiy mutaxassislik va jangovar tajribaga ega bo‘lgan fuqarolar chaqirilishi lozimligini ta’kidladi. Mamlakat QKga zaxiradagi 300 ming kishini jalb qilish rejalashtirilgandi.
Yangiliklar lentasi
0