Qozog‘istonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

© primeminister.kz Beybut Atamkulov naznachen poslom Kazaxstana v Uzbekistane
 Beybut Atamkulov naznachen poslom Kazaxstana v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2022
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vaziri mamlakatning O‘zbekistondagi yangi elchisi bo‘ldi.
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Beybut Atamkulov Qozog‘istonning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
"Davlat rahbari farmoni bilan Atamkulov Beybut Bakirovich Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlandi", - deyilgan xabarda.
Bunga qadar Atamkulov Qozog‘iston sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vaziri lavozimida ishlagan.
Beybut Atamkulov 1964-yil 19-may kuni Olmaota viloyatida tug‘ilgan. V.Lenin nomidagi Qozog‘iston politexnika instituti, Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot va moliya universitetini tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi.
2006 yildan buyon Qozog‘iston TIV tizimida ishlab keladi. 2010-2012 yillarda Qozog‘istonning Malayziyadagi elchisi bo‘lgan. Shuningdek, u Janubiy Qozog‘iston viloyati hokimi, Qozog‘iston sanoat mudofaasi vaa aerokosmik vazirligi rahbari bo‘lgan.
2018-2019 yillarda Qozog‘iston TIV vaziri lavozimini egallagan. 2019-yildan buyon Qozog‘iston sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vaziri sifatida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Darxan Satibaldi avgust oxirida Qozog‘istonning Turkiston viloyatiga rahbar etib tayinlangandi.
Yangiliklar lentasi
0