Qorabog‘ mojarosiga chek qo‘yish kerak – Putin

© POOL / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin i premyer-ministr Armenii Nikol Pashinyan (sprava) vo vremya vstrechi pered nachalom trexstoronnix peregovorov.
Prezident RF Vladimir Putin i premyer-ministr Armenii Nikol Pashinyan (sprava) vo vremya vstrechi pered nachalom trexstoronnix peregovorov. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2022
Obuna bo‘lish
Nikol Pashinyanga ko‘ra, Yerevan uchun Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rnatish bo‘yicha Rossiya loyihasi taklif qilayotgan yondashuvlar maqbuldir.
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Qorabog‘ mojarosiga chek qo‘yish kerak, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun Sochida Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashuvda.
“Bu mojaro bir necha o‘n yillardan beri davom etmoqda. Shuning uchun unga qachondir chek qo‘yish kerak, men bunga qo‘shilaman. Buning uchun sizda siyosiy iroda borligini bilaman va biz buni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaymiz”, dedi Putin.
Eslatib o‘tamiz, Sochida Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlarining uch tomonlama uchrashuvi rejalashtirilgan — unda Qorabog‘ masalasi muhokama qilinadi, shuningdek, ular kelajakdagi tinchlik shartnomasining asosiga aylanadigan hujjatni qabul qilishga kelishishimumkin.
“Uch tomonlama formatda oldinga siljish imkonini beradigan asosiy nuqtalarni topish kerak”, dedi Vladimir Putin.
Nikol Pashinyanga ko‘ra, Yerevan uchun Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rnatish bo‘yicha Rossiya loyihasi taklif qilayotgan yondashuvlar maqbuldir.
Nikol Pashinyan Kollektiv xavfsizlik kengashining so‘nggi yopiq yig‘ilishi chog‘ida Rossiya tomonidan Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida davlatlararo munosabatlarni o‘rnatishning asosiy tamoyillari va parametrlari loyihasi Armaniston uchun maqbul ekanligini gapirganini ta’kidladi.
Tog‘li Qorabog‘dagi janglar 2020-yil sentabr oyi oxirida qayta boshlangan. Armaniston va Ozarbayjon sulh tuzishga bir necha bor urindi, biroq 2020-yil 10-noyabrga o‘tar kechasi erishilgan uch tomonlama kelishuv muvaffaqiyatli yakunlandi. Moskva vositachiligida Ozarbayjon va Armaniston o‘t ochishni to‘liq to‘xtatib, asirlar va o‘lganlarning jasadlarini almashishga kelishib oldi. Kelishuv doirasida Yerevan Bokuga quyidagi tumanlarni berdi: Kalbajar, Lochin, Agdam.
Yangiliklar lentasi
0