Mahkumlar ham internetdan foydalanishlari mumkin bo‘ladi - IIV

© Startup StockphotosPolzovatel za rabotoy
Polzovatel za rabotoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2022
Obuna bo‘lish
Ichki ishlar vazirligi elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishga oid tegishli qaror loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygan.
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. O‘zbekistonda mahkumlar ham internetdan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Ichki ishlar vazirligi tegishli qaror loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygan.
Hujjatga ko‘ra, jazoni ijro etish tizimini faoliyatini raqamlashtirish, jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarga elektron davlat xizmatlari, shu jumladan notariat xizmatlari elektron shaklda ko‘rsatiladi.
Bu orqali, mahkumlarning huquqlari ta’minlanishini xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan normalarga bosqichma-bosqich muvofiqlashtiriladi.
Tizim faoliyatini ochiq hamda shaffofligini ta’minlash orqali korrupsion omillar bartaraf etiladi.
Elektron xizmatlarni ko‘rsatuvchi maxsus xona veb-kamera hamda internet tarmog‘iga ulangan kompyuter texnikasi bilan jihozlanadi.
Loyihaning qabul qilinishi davlat budjetidan qo‘shimcha mablag‘lar ajratilishini talab qilmaydi.
Elektron davlat xizmatlari, shu jumladan notariat xizmatlarini elektron shaklda amalga oshirishni tashkil etish bilan bog‘liq barcha harajatlar Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Markazlashtirilgan jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Muhokama 9-noyabrga qadar davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0