Lula da Silva Braziliya prezidenti saylovida g‘alaba qozondi

© Sputnik / Ramiro BarreiroLula da Silva pobedil na viborax prezidenta Brazilii
Lula da Silva pobedil na viborax prezidenta Brazilii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2022
Obuna bo‘lish
Saylov bulletenlarining 99 foizi hisoblab chiqilgan.
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Braziliyaning sobiq prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva mamlakat davlat rahbari saylovida g‘alaba qozondi.
Braziliya Oliy saylov sudi (Markaziy saylov komissiyasi vazifasini bajaradi) saytida real vaqt rejimida yangilanayotgan ma’lumotlardan ma’lum bo‘lishicha, Mehnatkashlar partiyasi yetakchisi Lula da Silva nomzodini yoqlab qariyb 60 million kishi (50,37 foiz) ovoz bergan, amaldagi prezident konservator Jair Bolsonaruga esa qariyb 57,9 million saylovchi (49,13 foiz) ovoz bergan.
Ovoz berish jarayonida saylovchilarning 80 foizdan kamrog‘i qatnashgan.
30 oktabr kuni Braziliyada saylovlarning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakat aholisi mamlakat prezidenti va 12 ta shtat rahbarlarini sayladi.
Lula da Silva 2003-yildan 2010-yilgacha Braziliya rahbari bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0