Dunyo keng ko‘lamli o‘zgarishlar davriga endigina kirdi – Kiriyenko

© Sputnik / Aleksey DrujininPerviy zamestitel rukovoditelya administratsii prezidenta RF Sergey Kiriyenko
Perviy zamestitel rukovoditelya administratsii prezidenta RF Sergey Kiriyenko - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, dunyo bizning ko‘z o‘ngimizda o‘zgarmoqda.
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Butun dunyo ahli ko‘z o‘ngida ro‘y berayotgan tektonik miqyosdagi global o‘zgarishlar hali yakuniga yetgani yo‘q, insoniyat bu o‘zgarishlar davriga endigina qadam qo‘ydi. Bu haqda Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko ta’kidladi.

“Dunyo bizning ko‘z o‘ngimizda o‘zgarmoqda. U allaqachon o‘zgargan va bu o‘zgarishlarni qaytarib bo‘lmaydi. Biz endigina inson hayotining deyarli barcha sohalariga – iqlim, texnologik o‘zgarishlar, siyosiy tizimdagi yaqqol o‘zgarishlarga ta’sir ko‘rsatadigan keng ko‘lamli o‘zgarishlar davriga kirdik”, - degan Kiriyenko ijtimoiy fanlar masalalari bo‘yicha Butunrossiya ilmiy-amaliy konferensiyasida.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arbning jahon ishlarida yakkaxon hukmronligining tarixiy davri nihoyasiga yetib borayotgani, bir qutbli dunyo o‘tmishga aylanayotganini ma’lum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0