https://oz.sputniknews.uz/20221031/jsst-ebola-virusini-jilovlash-oson-kechmaydi-29608147.html
JSST: Ebola virusini jilovlash oson kechmaydi
JSST: Ebola virusini jilovlash oson kechmaydi
Sputnik O‘zbekiston
Virus dastlabki o‘chog‘i bo‘lgan — Mubende tumanidan to‘rtta qo‘shni tumanga tarqalib ulgurdi. 31.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-31T14:06+0500
2022-10-31T14:06+0500
2022-10-31T14:06+0500
dunyoda
virus
jsst
tedros adxanom gebreyesus
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/0a/17634873_0:197:2941:1851_1920x0_80_0_0_72420a686cd8138061a38b153201abb9.jpg
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Afrika qit’asining Uganda davlatida Ebola virusi tarqalmoqda. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga tayanib xabar berdi.Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Gebreyesus xastalik epidemiyaga aylanib, boshqa hududlar aholisiga ham xavf solishidan jiddiy tashvishda.Aslida xavotirlar o‘rinsiz emas. Chunki Uganda Sog‘liqni saqlash vazirligi 20-sentabr kuni mamlakatda ilk kasallanish holati ro‘yxatga olinganini ma’lum qilgan edi.Biroq oradan ikki hafta o‘tib, virus dastlabki o‘chog‘i bo‘lgan — Mubende tumanidan to‘rtta qo‘shni tumanga tarqalib ulgurdi.Ma’lumot uchun, Ebola virusining yashirin muddati 21 kungacha davom etadi. Eng yomoni, uni yuqtirganlarning o‘rtacha 50 foizi kasallik oqibatida hayotdan ko‘z yumadi. Hatto ba’zi hollarda bu ko‘rsatkich 90 foizga ham yetgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/0a/17634873_104:0:2835:2048_1920x0_80_0_0_e841fd07a41edc430325f96022cb323d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, virus, jsst, tedros adxanom gebreyesus
dunyoda, virus, jsst, tedros adxanom gebreyesus
JSST: Ebola virusini jilovlash oson kechmaydi
Virus dastlabki o‘chog‘i bo‘lgan — Mubende tumanidan to‘rtta qo‘shni tumanga tarqalib ulgurdi.
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Afrika qit’asining Uganda davlatida Ebola virusi tarqalmoqda. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga tayanib xabar
berdi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Gebreyesus xastalik epidemiyaga aylanib, boshqa hududlar aholisiga ham xavf solishidan jiddiy tashvishda.
Aslida xavotirlar o‘rinsiz emas. Chunki Uganda Sog‘liqni saqlash vazirligi 20-sentabr kuni mamlakatda ilk kasallanish holati ro‘yxatga olinganini ma’lum qilgan edi.
Biroq oradan ikki hafta o‘tib, virus dastlabki o‘chog‘i bo‘lgan — Mubende tumanidan to‘rtta qo‘shni tumanga tarqalib ulgurdi.
“Ebolani jilovlash oson kechmaydi. Buning uchun birgalikdagi sa’y-harakatlarni kuchaytirish lozim. Qolaversa, xastalik haqida jamoatchilikni keng xabardor qilish epedimiyaga qarshi kurash samaradorligini oshiradi", deydi JSST rahbari.
Ma’lumot uchun, Ebola virusining yashirin muddati 21 kungacha davom etadi. Eng yomoni, uni yuqtirganlarning o‘rtacha 50 foizi kasallik oqibatida hayotdan ko‘z yumadi. Hatto ba’zi hollarda bu ko‘rsatkich 90 foizga ham yetgan.