Zaxarova: Kiyev rejimiga oziq-ovqat xavfsizligi kerak emas

© Sputnik / Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishMariya Zaxarova, arxivnoe foto
Mariya Zaxarova, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV vakilining aytishicha, Kiyev hukumatiga tinchlik barqarorligi va oziq-ovqat xavfsiziligi kerak emas
TOShKENT, 30 okt - Sputnik Ukraina hukumatiga dunyo barqarorligi va oziq-ovqat xavfsizligi kerak emas, deydi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova.
Avvalroq Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba dunyo hamjamiyatidan Rossiyadan oziq-ovqat shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishni talab qilishga chaqirgan edi.

“Kiyev rejimiga tinchlik barqarorligi va oziq-ovqat xavfsizligi kerak emas, aks holda hamma Zelenskiy va Kulebani unutib yuboradi. Shu sababli ular qo‘rqinchli uslublar bilan o‘zlarini eslatib turish maqsadida hamma narsani qilishmoqda. Teraktlar, yadroviy shantajlar, qotilliklar - nima bo‘lsa ham ularga pul va qurol kelib tursa”, - deb yozadi Mariya Zaxarova Telegram-kanalida.

Rossiya Kiyev hukumati tomonidan Sevastopol akvatoriyasida Britaniya harbiylari ishtirokida uyushtirilgan terakt munosabati bilan Ukraina portlaridan mahsulot chiqarish jarayonlarida ishtirokini to‘xtatdi.
Don kelishuvining kelgusi ishlari 31-oktabr kuni BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida muhokama qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0