Seuldagi tiqilinchda halok bo‘lganlar soni 151 kishiga yetdi

© AFP 2023 / Jung Yeon-JeSeulskie spasateli pomogayut postradavshim i vivozat pogibshix s ulisi, gde vo vremya prazdnovaniya Xellouina iz-za davki ostanovilos serdse u desatkov lyudey, Yujnaya Koreya
Seulskie spasateli pomogayut postradavshim i vivozat pogibshix s ulisi, gde vo vremya prazdnovaniya Xellouina iz-za davki ostanovilos serdse u desatkov lyudey, Yujnaya Koreya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2022
Obuna bo‘lish
“Yonhap” agentligi halok bo‘lganlar orasida Eron, Norvegiya, O‘zbekiston va Xitoy fuqarolari borligini xabar qildi.
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Janubiy Koreya poytaxti Seul shahri markazida Xellouin bayramini nishonlash vaqtida yuz bergan tiqilinch sabab halok bo‘lganlar soni 151 kishiga yetdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
“Yonhap” agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 19 nafar xorijlik ham halok bo‘lgan. Ular orasida Eron, Norvegiya, O‘zbekiston va Xitoy fuqarolari bor.
O‘z navbatida RIA Novostining Rossiyaning Janubiy Koreyadagi elchixonasi ma’lumotlariga tayanib yozishicha, bu fojiada uch nafar Rossiya fuqarosi ham halok bo‘lgan.
Janubiy Koreya tarixidagi eng fojiali tiqilinch Itxevon tumanidagi “Hamilton” mehmonxonasi oldidagi tor ko‘chada Xellouin bayramini nishonlash paytida ro‘y bergan. Seul shahri ma’muriyati voqea munosabati bilan 355 ta bedarak yo‘qolganlar haqida ma’lumot olganini xabar qilgan.
Seulda shanba kuni Xellouin koronavirus cheklovlari bekor qilingandan keyin so‘nggi uch yil ichida birinchi marta nishonlanayotgandi.
Halok bo‘lganlarning katta qismi 20 yoshlilar va undan kattaroqlar ekani aytilmoqda. Ular orasida bolalar ham bor yoki yo‘qligiga hali aniqlik kiritilmagan.
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolmamlakatda milliy motam e’lon qildi. Seul politsiyasi surishtiruv ishlarini boshlab yuborgan. Itxevon tumanidagi bar va klublar xavfsizlik qoidalariga rioya qilgani yoki qilmagani ham tekshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0